SO&CO studiyasi Tokioning gavjum tor ko‘chasida 5 ta kichik ofisli bino qurdi, deb yozmoqda TJournal.

Foto: TJournal

U shaharning yetakchi savdo rayonlaridan biri bo‘lgan Ginzada joylashgan bo‘lib, qo‘shni binolardan atigi 2,7 metrli tor fasadi va odmi beton qoplamasi bilan farq qiladi.

Foto: TJournal

Studiya rahbarining aytishicha, fasadning minimalizmligi odamlarning vizual ravishda tiqilinch ko‘ringan joyda unga huddi qo‘ng‘iroq minorasiga qaragandek tepaga qarashga majbur qiladi.

Bino “L” harfi ko‘rinishida bo‘lib, uzun yo‘lak bilan 4 qavatli ochiq zinalar orqali ulangan ofis xonalariga o‘tiladi.

Foto: TJournal

Undan umumiy ko‘rgazma maydoni sifatida foydalanilishi kutilmoqda. Qo‘shimcha yoritish butun bino bo‘ylab o‘tgan yorug‘lik yo‘lagi hisobiga erishiladi.