Toshkentning Mirobod tumani, Buyuk Turon ko‘chasi, 75-uy 93-xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi.

Foto: Toshkent shaxar YXB matbuot xizmati

Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, 5-sentabr kuni soat 02:14 larda yuz bergan yong‘inda uy jihozlari hamda 3 kvadrat metr maydon yongan. Xonadonning 100 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga soat 02:18 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 02:27 da bartaraf etilgan.

Yong‘in dazmol nazoratsiz qoldirilishi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘in keltirgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.