• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandda bir oilaning 5 nafar a’zosini o‘ldirgan shaxslar umrbod ozodlikdan mahrum etildi

    Samarqandda bir oilaning 5 nafar a’zosini o‘ldirgan shaxslar ustidan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi Aziz Obidov “Daryo”ga xabar berdi.

    Foto: Oliy sud matbuot xizmati

    Foto: Oliy sud matbuot xizmati

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi binosida 6-sentabr, juma kuni sudlanuvchilar G‘olib Tashanov (1981-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — o‘rta, oilali, uch nafar voyaga yetmagan farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz), Jahongir Usmonov (1993-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — o‘rta-maxsus, oilali, ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz), Shamshiddin Esonboyev (1995-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — o‘rta, uylanmagan, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz) va Habibullo Nurmanov (1996-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — o‘rta-maxsus, uylanmagan, muqaddam sudlangan, vaqtincha ishsiz)ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

    Jinoyat ishi O‘zbekiston Oliy sudi sudyasi Ikrom Muslimov raisligida hamda sudyalar O.Arabov va E.Ergashevdan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqildi.

    E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, G‘olib Tashanov O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 270-moddasi, 1-qismi va 273-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybsiz deb topilib oqlandi va jinoyat ishining shu qismi tugatildi.

    Foto: Oliy sud matbuot xizmati

    Foto: Oliy sud matbuot xizmati

    G‘olib Tashanov, Jahongir Usmonov, Shamshiddin Esonboyev va Habibullo Nurmanovning aybidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “o” bandi hamda “p” bandidagi qasddan odam o‘ldirish jinoyatining “uyushgan guruh a’zolari tomonidan yoxud o‘sha guruh manfaatlarini ko‘zlagan holda” sodir etishda ifodalangan malakalovchi belgisi chiqarildi.

    G‘olib Tashanov, Jahongir Usmonov, Shamshiddin Esonboye va Habibullo Nurmanovning jinoiy harakatlari JKning 164-moddasi 4-qismining “v” bandidan, JKning 33-moddasi talablariga muvofiq, Jinoyat kodeksi 164-moddasi 3-qismining “v”, “g” bandlariga, Jinoyat kodeksi 267-moddasi 3-qismining “b” bandidan Jinoyat kodeksi 267-moddasi 2-qismining “b” bandiga qayta kvalifikatsiya qilindi.

    G‘olib Tashanov Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “a”, “v”, “j”, “i”, “p” bandlari, 164-moddasi 3-qismining “v”, “g” bandlari, 267-moddasi 2-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, o‘tash uchun uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o‘tattirish belgilandi.

    Jahongir Usmonov Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “a”, “v”, “j”, “i”, “p” bandlari, 164-moddasi 3-qismining “v”, “g” bandlari, 267-moddasi 2-qismining “b” bandi, 276-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, o‘tash uchun uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o‘tattirish belgilandi.

    Shamshiddin Esonboyev Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “a”, “v”, “j”, “i”, “p” bandlari, 164-moddasi 3-qismining “v”, “g” bandlari, 267-moddasi 2-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, o‘tash uchun uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o‘tattirish belgilandi.

    Habibullo Nurmanov Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “a”, “v”, “j”, “i”, “p” bandlari, 164-moddasi 3-qismining “v”, “g” bandlari, 267-moddasi 2-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, o‘tash uchun uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o‘tattirish belgilandi.

    Mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.

    Eslatib o‘tamiz, Samarqandning Qo‘shrabot tumanida 15-may kuni bir oilaning besh a’zosi jasadlari topilgan edi. Oradan uch kun o‘tib, ushbu qotillik jinoyatini sodir etishda gumonlanib to‘rt kishi ushlangan. Jinoyatchilar 5 a’zosini o‘ldirgan oiladan 22 million so‘m, 100 dollar va 600 ming so‘mlik Samsung uyali telefonini bosqinchilik yo‘li bilan talon-toroj qilgan. Ularning bari o‘zaro qarindosh, oilalari namunali va o‘ziga to‘q ekanligi aniqlangan. Jinoyatchilar marhumlar bilan mahalladosh bo‘lgan.

    Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov to‘rt yigitning pul ilinjida besh kishining qotiliga aylanishini “barchamiz uchun sharmandali holat” deb baholagan. Uning o‘rinbosari Rustam Qobilov esa bunday jinoyatlar viloyatda qayta sodir etilmasligiga va’da bergan.

    Qotillarga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud ishi 4-sentabr kuni boshlangan.

    06.09.2019, 12:02   Izoh (0)   81764
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Mudofaa vazirligi delegatsiyasi “Seul muloqoti — 2019” xalqaro forumida ishtirok etdi

    06.09.2019, 11:37

    Samarqandlik tadbirkor Umar Rajabov 11 yilga hukm qilindi. Endi 400 dan ortiq fuqaro da’vosiga ko‘ra ikkinchi sud ishi bo‘ladi

    06.09.2019, 10:33

    Propiskani bekor qilishga qarshi chiqqan deputat blogerlar parlamentni sirkka aylantirib yuborishi mumkinligini ta’kidladi

    06.09.2019, 09:55

    O‘zbekistonda talabalarga stipendiyali va stipendiyasiz to‘lov-kontraktni to‘lash imkoniyati yaratildi

    06.09.2019, 08:37

    Xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta va o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish hududiy boshqarmalar tomonidan bajariladi

    06.09.2019, 08:21

    O‘zbekistonda harbiy xizmatga chaqiruv bo‘yicha yangi tartiblar joriy etildi

    06.09.2019, 08:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda uy-joy va yer narxlari pasaydi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 12:42

    Google endi Janubiy Koreya harbiy obyektlarini xaritada xiralashtirib ko‘rsatadi

    Dunyo | 6 avgust, 12:31

    Xitoy o‘zining yangi jangovar samolyotini sinovdan o‘tkazmoqda (foto)

    Dunyo | 6 avgust, 12:21

    Suvga tushganda o‘z-o‘zidan qutqaruv balloniga aylanuvchi sharcha ixtiro qilindi (foto)

    Layfstayl | 6 avgust, 12:20

    “Hizbulloh” rahbari Isroilga raketalar yog‘dirish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 6 avgust, 12:10

    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

    Reklama | 6 avgust, 10:30

    “Nyukasl” himoyachisini Seul aeroportida unutib qoldirdi

    Sport | 6 avgust, 12:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.