“Barselona” klubi yarim himoyachisi Filippe Koutinyo faoliyatini “Bavariya”da davom ettiradi. Bu haqida nemis klubi rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Foto: Twitter/@FCBayern

Myunxenliklar klubi 27 yoshli futbolchini sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga olgan. Tomonlar kelishuvning moliyaviy tafsilotlarini e’lon qilmaslikka kelishib olgan.

Braziliyalik futbolchi yangi jamoasida 10-raqam ostida harakat qiladi.

Koutinyo o‘tgan mavsum La Ligada 34 o‘yin o‘tkazib, 5 gol va ikkita samarali uzatmaga muallif bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!