16-avgust, juma kuni futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 2-turida Silvinyo qo‘l ostidagi “Lion” klubi o‘z maydonida “Anje”ni sinovdan o‘tkazdi.
Uchrashuvda mezbon jamoa a’zolari Ussem Auar (11) hamda Jan Lukas (72) raqib darvozasini bir marotabadan ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Mussa Dembele (36, 65) va Memfis Depay (42, 48) 2 tadan golga mualliflik qildi (6:0).
Shu tariqa lionliklar o‘z uyida kechgan bahsda “Anje” darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi va navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Liga 1
2-tur bahsi
16-avgust, juma
“Lion”—“Anje” 6:0
Gollar: 1:0 — 11 Auar, 2:0 — 36 Dembele, 3:0 — 42 Depay, 4:0 — 48 Depay, 5:0 — 65 Dembele, 6:0 — 72 Jan Lukas“Lion”: Antoni Lopesh, Andersen, Kone, Dyubua (Tete, 70), Denayer, Tiago Mendes (Jan Lukas, 69), Tuzar, Auar, Traore, Depay, Dembele (Terye, 66)
“Anje”: Byutel, Pavlovich, Ait-Nuri, Manko, Toma, Santamariya, Kapel, Pajo (Ninga, 54), Mangani, Pereyra Laje (Baoken, 69), Aliui (Kanga, 69)
Ogohlantirishlar: Traore (61), Kapel (70), Baoken (90)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!