Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ishtirok etish uchun Ashxobod shahriga kelgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 16-avgust kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan qabul qilindi.

“Vazir birinchi Kaspiy iqtisodiy forumining muvaffaqiyatli o‘tgani munosabati bilan Turkmaniston prezidenti va birodar xalqiga O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning otashin salomi va samimiy tabriklarini yetkazdi”, — deyiladi O‘zbekiston TIV axborotida.

Muloqot chog‘ida ikki tomon kun tartibining asosiy masalalari, ko‘p qirrali O‘zbekiston—Turkmaniston aloqalarini yana rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.

Suhbat davomida BMT, MDH, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi hamda boshqa global va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi aloqalarga doir masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi