Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘tgan haftadan e’tiboran Yevropaning kuchli beshlik chempionatlaridan ikkitasi — Angliya va Fransiya yangi mavsumni boshlab berdi. 16-avgust kuni esa Bundesliga hamda La Ligada ham 2019/20-yilgi mavsum o‘yinlariga start beriladi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter
Hisob bo‘yicha Bundesliganing 57-mavsumi 2019-yilning 16-avgust sanasida boshlanib, 2020-yilning 16-mayida yakuniga yetadi. Qoidalarga ko‘ra, ushbu mavsumda ham musobaqada jamoalar soni 18 tani tashkil etadi. Har bir jamoada 34 tadan o‘yin o‘tkazish imkoniyati mavjud. Amaldagi chempion barchaga birdek ma’lum va mashhur “Bavariya” hisoblanadi. Xo‘sh, Myunxen klubi joriy mavsum ham chempionlikni saqlab qola oladimi? Niko Kovach jamoasiga qaysi klublar raqobat taqdim eta oladi. Quyida shular haqida suhbatlashamiz.

“Bavariya”

Foto: Twitter

Foto: Twitter
Germaniyaning eng sovrindor jamoasi (29 karra chempion) Bundesligada yangi mavsumni “Herta”ga qarshi o‘yin bilan ochib beradi. Amaldagi chempion o‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra, jamoaning bir necha yulduzlari bilan xayrlashdi. Xususan, Aryen Robben futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi. Frank Riberi esa erkin agent sifatida klubni tark etdi. “Real”dan ikki yillik ijaraga olingan Xames Rodriges ham ortiga qaytib ketdi. Afsuski, ularning o‘rni hozircha to‘ldiriganicha yo‘q. Ammo Myunxen klubi tarkibga bir qator yosh va iqtidorli futbolchilarni qo‘shib oldi. Jumladan, bir emas, ikki nafar Jahon chempioni “Bavariya” safiga qo‘shildi. Gap Lukas Ernandes hamda Benjamen Pavar haqida ekanligini nazarimizda, tushundingiz, aziz muxlis. Yozgi transferlar vaqtida “Manchester Siti”dan Leroy Saneni olib kelish istagida bo‘lgan, “Bavariya” rahbariyati alaloqibat “Inter”dan JCh—2018 vitse-chempioni Xorvatiya terma jamoasi a’zosi Ivan Perishich ijaraga olish bilan kifoylanadi. Biroq Perishich diskvalifikatsiya sabab “Herta”ga qarshi o‘yinda “Bavariya”ga yordam bera olmaydi. Boisi, futbolchi “Inter” safidagi so‘nggi o‘yinida 5-sariq kartochkasini olgandi. Qoidalarga ko‘ra, endi sariq kartochkalari yig‘ilib qolgan ro‘y beradigan diskvalifikatsiya boshqa chempionatga ko‘chib o‘tganda ham amal qiladi. Bundan tashqari, asosiy tarkibdagi o‘rnini deyarli boy bergan Mats Hummels Dortmund klubiga sotib yuborildi. Endi uning o‘rnini Jerom Boateng hamda Niklas Zyule bildirmaslikka harakat qiladi. Serj Gnabri, Robert Levandovski, Tomas Myuller kabi o‘yinchilar esa mavsumga 100 foiz tayyorligini mavsumoldi yig‘inlarida ham isbotlab ulgurdi. Futbol mutaxassislar, muxlislar va bukmekerlar hamon “Bavariya”ni chempionlikka asosiy da’vogar sifatida ko‘rsatmoqda. Ammo biz bunday deyishdan yiroqmiz, buning boisini esa quyida bayon qilamiz.

“Borussiya Dortmund”

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Yozgi transferlar vaqtida tarkibini Torgan Azar,Yulian Brandt, Niko Shults, Mats Hummels kabi o‘yinchilarni o‘z safiga qo‘shib olgan “Borussiya Dortmund” bu orqali “Bavariya”ga jiddiy ogohlik qo‘ng‘irog‘ini yubordi. Dortmundliklar yangi mavsum oldidan niyatlarni faqat chempionlik ekanligini Germaniya Superkubogida ham isbotladi. Xususan, “Bavariya” 2:0 hisobida mag‘lub etildi. “Borussiya” klubda o‘z o‘rnini topishda qiynalgan Andre Shyurrleni “Spartak”ka ravona qilgan bo‘lsa, Sebastian Rodeni “Ayntraxt Frankfurt”ga sotib yubordi. Bundan tashqari yosh va umidli himoyachi Abdu Diallo mo‘maygina mablag‘ (32 million yevro) evaziga PSJga pullandi. Umuman olganda, Dortmund klubi Bundesligada joriy mavsum faqatgina chempionlik uchun kurashishi ekspertlar tomonidan ham ta’kidlanmoqda. O‘tgan mavsum Lyusen Favr boshchiligida ilk mavsumni o‘tkazgan klub Bundesligada 2-o‘rinni qo‘lga kiritishi ijobiy baholangan edi. Bu yil esa bu natija na muxlislarni va na klub rahbariyatini qanoatlantiradi. Hozirgi jamoada chempionlik uchun hamma narsa bor. Marko Roys anchadan beri jarohat olgani yo‘q va sog‘lom holatda nimalarga qodirligi ko‘pchilikka ma’lum. Jeydon Sancho esa o‘yindan o‘yinga kuchayib bormoqda. “Barselona”dan xarid qilingan Pako Alkaser katta ehtimol bilan joriy mavsum to‘purarlar poygasida Robert Levandovskiga raqobat taqdim etadi.

Eslatib o‘tish joiz, “Borussiya Dortmund” ilk turni o‘z maydonida “Augsburg”ga qarshi o‘tkazadi. O‘yin 17-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

“Bavariya” va “Borussiya Dortmund”ga qaysi jamoalar raqobat taqdim eta oladi

Real olib qaralganda Bundesliganing ayni damdagi hech bir jamoasi Myunxen hamda Dortmund klublariga na o‘yin va na tarkib jihatdan bas kela oladi. Ammo so‘nggi 15 yillikda “Verder”, “Shtutgart” va “Volfsburg” kabi klublarning qay tarzda Bundesliga chempioniga aylanganini unutmaslik lozim. O‘tgan mavsum kuchli beshlikka kirgan “Leypsig”, “Bayer Leverkuzen” hamda “Borussiya Myunxengladbax” klublari bu safar ham ikkala grandga yaxshigina qarshilik ko‘rsatishga harakat qiladi. Bundan tashqari “Volfsburg” va “Ayntraxt F” klublarini ham yoddan chiqarmaslik kerak.

Bundesliga

1-tur bahslari

16-avgust, juma

“Bavariya” — “Herta” 23:30

17-avgust, shanba

“Borussiya” D — “Augsburg” 18:30

“Bayer” — “Paderborn” 18:30

“Borussiya” M — “Shalke-04” 18:30

“Volfsburg” — “Kyoln” 18:30

“Verder” — “Fortuna” 18:30

“Frayburg” — “Mayns” 18:30

18-avgust, shanba

“Ayntraxt” — “Hoffenhaym” 18:30

“Union” — “Leypsig” 21:00

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijondagi zapravkada navbatsiz kirishga uringan haydovchi bir necha IIB xodimlari tomonidan ushlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda narxlarning o‘sishi sur’ati yanvar oyida pasaya boshladi
Mahalliy
Toshkentda 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topildi