Keniyada marhumning qabri maxsus ish formasi sababli dafn marosimining ertasiga qazib olindi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Foto: The Daily Nation

Ma’lum bo‘lishicha, Martin Sikuku Alukoye 31 yoshida daryoda cho‘kib o‘lgan. U dafn etilgan. Ertasi kuni esa marhum ishlagan tashkilot xodimlari kelib, uning xizmat paytida kiygan maxsus formani qaytarishni so‘ragan.

Alukoye esa aynan shu ish kiyimida ko‘milgan bo‘lgan. Shunda ishchilar marhumning oila a’zolaridan uning qabrini kavlab, formani yechishni talab qilgan.

Foto: The Daily Nation

Eksgumatsiya uchun sud ruxsati talab etiluvchi mahalliy qonun va marhumning oila a’zolari qarshiligiga qaramay, ular Alukoyeni qabridan kavlab olgan. Undagi formani yechib, boshqa kiyimga almashtirgan.

Foto: The Daily Nation

Marhumning amakisi jurnalistlar oldida g‘azab bilan so‘zga chiqqan va dafn marosimida okrug rahbariyati ham bo‘lgani, uning ish kiyimida ko‘milayotganiga hech qanday e’tirozlar bidirmaganini aytgan.

Foto: The Daily Nation