Dunyodagi eng boy odamlar qanday avtomobillardan foydalanadi deb o‘ylaysiz? Business Insider’ning ma’lum qilishicha, Amazon va Blue Origin kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos oddiy Honda haydab yurishni afzal ko‘rar ekan. Xo‘sh, boshqa milliarderlarchi?

Forbes taqdim etgan suratlarni ko‘rib, milliarderlar qanday mashinada yurishini va hozir garajida yana qanday avtomobillar borligini bilib olishingiz mumkin.

Honda Fit Foto: Forbes

Mark Sukerberg dunyodagi eng qimmat mashinalarda yurishni istamaydi. Facebook rahbarining Honda Fit, Acura TSX va Volkswagen Golf GTI kabi mashinalari bor. Forbes ma’lumotiga ko‘ra, Sukerbergning boyligi 62,3 milliard dollarni tashkil etib, dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida 8-o‘rinni egallaydi.

Tesla Model S Foto: Forbes

Ilon Maskning avtoulov tanlashda afzalliklari yaqqol ko‘rinib turibdi. Tesla asoschisi ushbu markadagi mashinani boshqaradi va uning modeli — Tesla Model S. Tadbirkor Twitter’da bolalar bilan sayohat qilishga chiqqan vaqt Tesla Model 3 va Tesla Model X avtomashinalaridan foydalanishini ham yozgan. Mask Forbes ro‘yxatida 40-o‘rinni egallab turibdi. Uning boyligi 22,3 milliard dollarga baholangan.

Porsche 959  Foto: Forbes

1979-yilda Microsoft salmoqli daromad olishni boshlayotganida, asoschisi Bill Geyts Porsche 911 avtomobilini sotib olgan. Bu haqda u Bloomberg’ga bergan intervyusida aytib o‘tgan. Mashina hali ham “aqlbovar qilmaydigan” darajada. “Ba’zan, tunda meditatsiya qilmoqchi bo‘lganimda, shunchaki ko‘chaga chiqib, yuqori tezlikda mashina haydardim. Xayriyatki, avtohalokatga uchramadim”, — deydi u o‘z intervyusida. Keyinchalik u avtomobilini sotdi. 2012-yilda ushbu transport vositasi kim oshdi savdosida 80 ming dollarga sotilgan. Business Insider ma’lumotlariga ko‘ra, Geyts garajida yana bir Germaniya ishlab chiqargan mashina Porsche 959 ham bor.

Geyts 96,5 milliard dollar boyligi bilan Forbes ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda turadi.

Hummer H2 Foto: Forbes

Kompyuterlar va kompyuter uskunalari ishlab chiqaruvchi Dell kompaniyasi asoschisi Maykl Dell avtomobil yig‘ishni yaxshi ko‘radi. Uning kolleksiyasida 2004-yilgi Porsche Boxster, Porsche Carrera GT va Hummer H2 kabi avtomobillar bor.

Dell 34,3 milliard dollar boylik bilan dunyoning eng boy odamlari reytingida 25-o‘rindan joy olgan.

Audi R8 Foto: Forbes

Oracle dasturiy ta’minotini ishlab chiqish asoschisi Larri Allison o‘zining sport avtomobillari to‘plamiga ega. The Independent yozganidek, milliarderning garajida hatto McLaren Formula-1 poyga avtomobili ham bor. LA Times gazetasi esa Ellisonning garajida Audi R8, Lexus LFA va Lexus LS 600h L avtomobillari borligini ham qayd etgan. Forbes ro‘yxatida Allison 62,5 milliard dollar boyligi bilan yettinchi o‘rinni egallagan.

Roewe RX5 SUV Foto: Forbes

Roewe RX5 SUV Alibaba Group direktorlar kengashi raisi Jek Ma xitoylik Roewe RX5 rusumli avtomashinasini haydaydi, deb yozadi CNBC. Alibaba Group va Roewe 2016-yilda faqat RX5’ga asoslangan “Internet-mashina”  yaratilishini e’lon qilgan. Jek Ma 37,3 milliard dollarga ega va u Forbes ro‘yxatida 21-o‘rinda.

BMW M3 Evolution Convertible Foto: Forbes

Uber’ning sobiq bosh direktori Ravis Kalanik 2016-yilda 1999-yilgi BMW M3 Evolution Convertible modeliga egalik qilishini aytgan. Kalanik Forbes reytingining 298-pog‘onasida joy olgan. Uning boyligi 5,8 milliard dollarga teng.

Toyota Prius Foto: Forbes

Google asoschilari Larri Peyj va Sergey Brin Toyota Prius rusumli avtomobillarga egalik qilgan. Bu dunyodagi birinchi ommaviy gibrid avtomobil bo‘lib, u benzin yoki elektr dvigatel bilan harakatlana oladi. Hozirgi kunda Peyj 50,8 milliard dollar boylik bilan dunyodagi eng boy biznesmenlar o‘nligiga kirgan bo‘lsa, Brin 49,8 milliard dollar boyligi bilan 14-pog‘onani band etgan.

1968 Morris Minor Foto: Forbes

2015-yilda Virgin asoschisi Richard Brenson, asosan Britaniyaning Virjiniya orollarida golf avtomobili yoki elektr velosipedini boshqarishini ma’lum qilgan. Kompaniyaning ta’kidlashicha, Brensonning birinchi avtomobili 1968-yilgi Buyuk Britaniyaning Morris Mini-Minor mashinasi bo‘lgan.

Brenson Forbes reytingida 4,1 milliard dollar boyligi bilan 478-o‘rinni egallagan.

Honda Accord Foto: Forbes

Jeff Bezos Forbes ma’lumotiga ko‘ra, dunyodagi eng boy odam bo‘lib, uning boyligi 131 milliard dollarga baholangan. Jurnalist Bred Stoun o‘zining “The Everything Store” nomli kitobida, Bezos hech bo‘lmaganda 2013-yilda Honda Accord avtomashinasini boshqarganligini yozgan.