Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida joylashgan 4-son maktabgacha ta’lim muassasasidagi betartiblik va e’tiborsizlik haqida “Istiqbol sari” gazetasida maqola e’lon qilindi, deb yozadi Zarnews

Foto: Zarnews

Muallifga ko‘ra, Qo‘shrabot tumanidagi 4-son maktabgacha ta’lim muassasasi yangi binoga ko‘chib o‘tgan. Ammo hozirgi kunda bu muassasa e’tiborsizlikdan eski binolar holiga tushib qolgan.

Bino yonginasidagi elektr simlari avariya holatida.

Foto: Zarnews

Muassasa hovlisidagi o‘yin maydonining yaqinida bolalar tushib ketmasligi uchun atrofi panjara bilan o‘ralib, yarmiga narvon va yarmi tunuka bilan yopilib, tosh bostirilgan suv qudug‘i joylashgan.

Foto: Zarnews

Yana bir quduqqa o‘xshash yerto‘la bor, ammo u ham bolalar uchun xavfli. Yerto‘la ichi va atrofida chiqindiga to‘lgan. Ikki quduq o‘rtasida eski o‘choqni aslida muassasaning chiqindixonasi, desak to‘g‘ri bo‘ladi.

Foto: Zarnews

Foto: Zarnews

“Bino ichkarisini ham ko‘ngildagidek, deb bo‘lmaydi. Eshiklar tutqichlari ta’mirtalab. Anchadan buyon ishlatilmagan chog‘i oshxonadagi gaz plita ustida guldonda gul o‘stirilyapti, go‘yoki qozonda gul qaynayotganday. Muassasa hamshirasi, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi, tuman davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati bo‘limi bunday antisanitariya holatni bilmaydimi yoki ular yosh avlod tarbiyasiga befarqmi?” — deyiladi maqolada.