10-avgust, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 1-turi doirasida navbatdagi 5 ta o‘yin yakuniga yetdi.

Foto: Twitter/@SpursOfficial

Maurisio Pochettino boshqaruvidagi Londonning “Tottenhem” klubi o‘z maydonida “Aston Villa” bilan bahsga kirishdi.

Bellashuvning 9-daqiqasida “Aston Villa” yarim himoyachisi Jon Makginning urgan goliga “shporlar” Tangi Ndombele (73) hamda Harri Keynning (86, 90) gollari bilan javob qaytardi.

Shu tariqa “Tottenhem” o‘z uyida kechgan bahsda “Aston Villa” ustidan irodali g‘alaba qozondi (3:1) va 3 ochkoga ega bo‘ldi.

APL

1-tur bahslari

10-avgust, shanba

“Bornmut”—“Sheffild Yunayted” 1:1

Gollar: 1:0 — 62 Mifem, 1:1 — 88 Sharp

“Byornli”—“Sauthempton” 3:0

Gollar: 1:0 — 63 Barns, 2:0 — 70 Barns, 3:0 — 75 Gudmundsson

“Kristal Pelas”—“Everton” 0:0

“Uotford”—“Brayton” 0:3

Gollar: 0:1 — 28, avtogol, Dukure, 0:2 — 65 Andone, 0:3 — 77 Mope

“Tottenhem”—“Aston Villa” 3:1

Gollar: 0:1 — 9 Makginn, 1:1 — 73 Ndombele, 2:1 — 86 Keyn, 3:1 — 90 Keyn

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!