“Arsenal” klubi yozgi transferlar vaqtida ikki futbolchisini sotib yuborishga harakat qiladi, deb yozadi Evening Standard.
Ta’kidlanishicha, klubni Shkodran Mustafi hamda Muhamma al-Nenni tark etadi. Qayd etish kerak, inglizlar uchun transferlar oynasi yopildi. Klublar endi o‘yinchi sotib ololmaydi, faqatgina sotishi mumkin.
Mustafining xizmatlariga Fransiya va Germaniya klublari qiziqish bildirayotgan bo‘lsa, al-Nenniga esa “Galatasaroy” tomonidan qiziqish bor.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” yozgi transferlar vaqtida Nikolya Pepe, Kiran Tirni, Gabriel Martinelli, Daniel Sebalyos kabi o‘yinchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)