Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Qozog‘istonning Uyg‘ur tumanida joylashgan Shonji qishlog‘idagi uylardan birida 27-iyulda erkak kishining jasadi qotillik alomatlari bilan topildi, deb xabar bermoqda “Pravda vostoka”. O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bu xabarni tasdiqlagan.

Foto: “Pravda vostoka”

Foto: “Pravda vostoka”

Aniqlanishicha, o‘ldirilgan shaxs O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Politsiya jinoyatni sodir etishda gumonlangan o‘zbekistonlik erkakni aniqlab, uni qo‘lga olishga erishgan.

Har ikkala o‘zbekistonlik fuqaro mehnat shartnomasi asosida iyul oyida Shonji qishlog‘idagi qurilishda ishlash uchun Qozog‘istonga kelgan. “Ular ijaraga olingan uyda yashagan. Vatandoshlar o‘rtasida odatiy janjal kelib chiqqan bo‘lib, erkaklardan biri pichoqni qo‘liga olgan. Hozirda qotillik holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov olib borilmoqda. Gumonlanuvchi qamoqqa olingan”, — deyiladi Olmaota Politsiya departamenti xabarida.

Ta’kidlanishicha, jinoyat quroli bo‘lgan oshxona pichog‘i topilib, tergov materiallariga biriktirilgan. Ikki erkak o‘rtasidagi janjalga nima sabab bo‘lgani tergov davomida aniqlanadi.

Qayd etilishicha, marhumning jasadi qarindoshlari hamrohligida O‘zbekistonga jo‘natilgan. Bosh konsulxona vaziyatni nazoratda ushlab turibdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda tezlik pasaytirilishi kutilmoqda
Mahalliy
“O‘zbekona urf-odatlarga to‘g‘ri kelmaydigan raqs”. Navoiyda raqsga tushgan qizlarning ota-onalariga chora ko‘rildi (video)
Dunyo
Alla Pugachyova farzandlari bilan birgalikda Rossiyani tark etdi