Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AShQda yashovchi Enn Lorimor 89 yoshida Afrikadagi eng baland tog‘ cho‘qqisi—Kilimanjaroga ko‘tarilib, yangi jahon rekordini o‘rnatdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Foto: Fotolia

Foto: Fotolia

Xabarda aytilishicha. Enn Lorimor bir necha yil avval Kilimanjaroni zabt etgan eng keksa ayol sifatida rekord o‘rnatgan. Lekin keyinchalik boshqa bir ayol bir necha oy o‘tib uning rekordini yangilagani, undan so‘ng esa erkak kishi yangi rekord o‘rnatganidan xabar topgan. Shundan so‘ng u yana cho‘qqiga ko‘tarilishga qaror qilgan.

“Chindan ham xavotirlangan paytlarim bo‘ldi. Chunki toqqa ko‘tarilishimdan oldin yiqilib tushgandim... Yon tomonim qattiq og‘rir, chuqur nafas ololmayotgandim. Yetarli kislorod ololmay, bora olmayman deb qo‘rqqandim”, — degan Lorimor uyga qaytgach.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Afrikaga borib kelishi va toqqa chiqishiga 9 kun vaqt ketgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda voyaga yetmagan bola boshqaruvidagi Matiz harakatsiz turgan Lada bilan to‘qnashdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda 4-iyun kuni havo harorati 39 darajagacha ko‘tariladi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentining inauguratsiya marosimida ishtirok etadi