Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘limi haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmadi. Bu haqda Yevrosiyo muammolari monitoring markazi direktori Aslan Rubayev Facebook‘dagi akkauntida post qoldirgan.

Foto: Facebook / Aslan Rubayev

Foto: Facebook / Aslan Rubayev

Uning aytishicha, oldinroq olingan ma’lumotlar o‘sha manbaning o‘zi tomonidan inkor etilgan.

“Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘limi haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmaganidan juda mamnunman. Prezidentning qarindoshlari va yaqinlari, shuningdek, Turkmanistonning barcha fuqarolaridan uzr so‘rayman”, — deb yozgan Rubayev.

Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning vafot etgani haqida “Govorit Moskva” Yevrosiyo muammolari monitoring markazi direktori Aslan Rubayevga tayanib xabar bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkmaniston prezidentining o‘limi haqida Ashxobodda ishlaydigan biznesmenlar ma’lum qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi