O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasiga fuqaro Akramov Davron murojaat qildi.
Arizaga yangi sotib olingan uy sabab bo‘lgan. Akramov 2016-yil 8-iyunida xususiy tadbirkor Zokirov Ravshandan Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan uyni 1 032 000 000 so‘mga sotib oladi.
Ammo oradan ko‘p o‘tmay, sifatsiz uyning kamchiliklari yuzaga chiqa boshlaydi. Shu bilan birga, isitish tizimida ham muammolar paydo bo‘ladi.
Davron Akramov uyni qurib, unga sotgan R. Zokirov bilan bog‘lanishga harakat qiladi, ammo qo‘ng‘iroqlari javobsiz qoladi. Shundan so‘ng, ancha sarson bo‘lgan Akramov O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Federatsiyasiga murojaat qiladi.
Federatsiya mutaxassislari vaziyatni o‘rganib chiqdi va iste’molchi haq ekanligi, uyda ma’lum muammolar mavjudligi isbotini topdi.
Natijada, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi aralashuvi bilan iste’molchiga uy uchun to‘lagan puli — 1 032 000 000 so‘m to‘liq qaytarib olib berildi.
Izoh (0)