2019-yil 9-iyul kuni soat 16:00 da “Qamchiq” dovonida kuzatilgan kuchli yomg‘ir yog‘ishi va Ertoshsoyga quyiladigan Sapramat soyida suv sathining ko‘tarilishi natijasida dovonda joylashgan Ertosh aholi yashash punkti hududida sel-toshqin holati kuzatildi, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qiladi.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Ushbu sel-toshqin 27 ta xo‘jalik qatnovini amalga oshiradigan ichki yo‘lning 200 metr qismiga tosh-loyqa massasini kelib tushishi va qatnov uchun yo‘lni yaroqsiz holga kelishiga sabab bo‘ldi.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Yuqorida kuzatilgan mazkur holat yuzasidan “Qamchiq” Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi tomonidan joriy yilning 10-iyul kuni sel-toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun “Qamchiq” dovonida faoliyat ko‘rsatuvchi FVDT xizmatlaridan iborat shtab tashkil etilib shu kunning o‘zida maxsus texnikalar yordamida sel-toshqin oqibatida yo‘lga kelib tushgan tosh-loyqa massasini olib tashlash ishlari amalga oshirilib yo‘lda qatnov tiklandi.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi