Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti tomonidan 1—17-iyul kunlari Andijon, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridagi tumanlar va shaharlar ichki ishlar organlarining jinoyat-qidiruv bo‘limlari boshliqlari, xavfsiz turizmni ta’minlash xizmati tezkor va profilaktika xodimlari, navbatchilik qismlari xodimlari va profilaktika inspektorlari uchun malaka oshirish sayyor o‘quv yig‘inlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati

Foto: IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati

Besh kunga mo‘ljallangan o‘quv jarayonlarida sohaga oid qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlar, tizimdagi islohotlar va yangiliklar va xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari bilan tanishtiriladi.

Foto: IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati

Foto: IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati

Foto: IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati

Foto: IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati

Foto: IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati

Foto: IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati

Bundan tashqari, joylarda o‘tkazilayotgan ushbu tadbirlar doirasida Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan hududiy ichki ishlar organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarni faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlar bilan hamkorlikda mahallalarda aholi, shu jumladan yoshlar o‘rtasida “Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmasligi kerak” mavzusida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Foto: IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati

Foto: IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati

Shuningdek, Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan mahallalarda istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan, yakka yolg‘iz keksa avlod vakillarining holidan xabar olish ham amalga oshirilmoqda.

Foto: IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati

Foto: IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati

Ta’kidlanishicha, Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tgan 11 oy mobaynida o‘tkazilgan o‘quv yig‘inlarida qariyb 6500 ga yaqin xodimlar qatnashib, o‘z malakasini oshirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi