AQShda Ford kompaniyasi tarixidagi eng muvaffaqiyatli top menejerlardan biri bo‘lgan, Ford Mustang avtomobili asoschisi Li Yakokk 94 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.

Foto: Businessman.ru

U 34 yoshligida Ford kompaniyasi tarixida eng yosh vitse-prezident bo‘lgan.

Li Yakokk 68—78-yillarda kompaniya prezidenti lavozimida ishlagan. Ford’dan ketgach, Yakokkning o‘rnini bankrotlik arafasi bo‘lgan Kraysler egallagan. Yakokkning lobbistlik urinishlari avtomobil ishlab chiqaruvchiga inqirozdan chiqishga yordam bergan.