Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Daryo” internet-nashrida “Prezident taqiqiga qaramay, Qarshidagi mahalla mas’ullariga soliq yig‘ish majburiyati yuklatildi” nomli maqola e’lon qilingan edi. Unda Qarshi shahridagi mavjud mahalla mas’ullariga har oy aholidan 10 million so‘mlik soliq tushumlarini tushirish majburiyati yuklatilgani haqida so‘z borgandi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish Qarshi shahar Kengashi binosi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish Qarshi shahar Kengashi binosi.
Foto: “Daryo”

Ushbu maqola yuzasidan Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

“Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatida 685 ming 429 nafar soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar mavjud. Shahar va tuman davlat soliq inspeksiyalaridan jami 122 nafar xodim mahalla, qishloq fuqarolar yig‘inlariga biriktirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasida fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburligi belgilangan.

Soliq organlari xodimlari har kuni xonadonma-xonadon yurib, aholiga soliqlarning nima uchun to‘lanishi va qayerlarga sarflanishi, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashning ijtimoiy ahamiyati haqida tushuntirish, profilaktik targ‘ibot ishlarini olib boradilar.

Jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan mol-mulk va yer soliqlari mahalliy budjet daromadlarini to‘ldirib, soliq to‘lovchilarning o‘zlari yashab turgan hududning obodligi, ijtimoiy soha obyektlarini qurish va ta’mirlash uchun sarflanadi.

Shu bois hokimlar va boshqa mutasaddi shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini o‘z vaqtida mahalliy budjetga undirish bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish, targ‘ibot ishlarini amalga oshirishlari mumkin.

Biroq maqolada keltirilganidek, mahalla mas’ullariga soliq tushumlarini tushirish majburiyati yuklatilmaydi. Bu borada hudud obodligi yo‘lida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga hissa qo‘shish uchun mahalliy budjetga tushumlarni o‘z vaqtida tushishini ta’minlashda ixtiyoriylik asosida yordam berishlari so‘raladi”, — deyiladi Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi munosabatida.

Avvalroq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish Qarshi shahar Kengashi bunga munosabat bildirib, mahalla mas’ullari topshiriqni boshqacha tushunganini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatga telefon eksport qilgani ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Eron yangi atom elektr stansiyasini qurishni boshladi
Sport
JCH—2022. Fransiya terma jamoasi Polshani yengib, chorak finalga chiqdi