Forbes jurnali 13-iyun kuni dunyodagi eng badavlat reperlar ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Dunyodagi eng boy reper deya Jay-Z tan olindi. U butun davlati 1 milliard dollardan oshgan ilk xip-xop artistga aylangan. Ta’kidlanishicha, qo‘shiqchi Armand de Brignac Champagne shampan brendi hamda Tidal striming servisida o‘z ulushiga ega.

Shuningdek, u D’Usse kabi konyak brendiga ham egalik qiladi, turli kompaniyalarga investitsiya kiritadi. Bundan tashqari reper tomonidan tashkil etilgan Roc Nation kompaniyasi ham katta daromad keltiradi.

Ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasidan reper va prodyuser Dr.Dre o‘rin olgan. Jurnal uning boyligini 800 million dollarga baholagan. Uchinchi o‘rin esa xip-xop ijrochi, bunga qadar Puff Diddy va P.Diddy nomlari bilan tanilgan Diddy’ga nasib etdi. U 740 million dollar boylikka egalik qiladi. Undan keyingi o‘rinda Kanye Uest 240 million dollar bilan ketmoqda.