• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xususiy avtomaktablarning haydovchilarni tayyorlash bo‘yicha faoliyati talabga javob beradimi?

    “Adolat” SDP deputatlari O‘zbekistonda haydovchilari tayyorlash bo‘yicha faoliyatini o‘rgandi. Quyida o‘rganish natijalari e’tiboringizga havola etiladi.

     

    Foto: “Adolat.uz”

    Foto: “Adolat.uz”

    Ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yilda mamlakatimizda yo‘l-transport hodisalarida 2262 kishi halok bo‘lgan, 8458 kishi jarohatlangan. Bu avtohalokatlarda kuniga 6 nafar kishi vafot etib, 23 nafar fuqaro tan jarohati olganini bildiradi.

    Afsuski, bu raqamlar mamlakatimiz uchun ham, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mezonlari bo‘yicha ham yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

    Albatta, bu raqamlarni keltirib chiqaruvchi ko‘plab omillar mavjudki, ular orasida haydovchilar tayyorlash tashkilotlari tomonidan haydovchilikka o‘qitishda tinglovchilarga berilayotgan ta’lim sifatining pastligini ham alohida qayd etib o‘tish lozim.

    Shu boisdan Qonunchilik palatasidagi hamda mahalliy vakillik organlaridagi “Adolat” SDP deputatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-sonli “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori talablarining joylardagi ijrosi o‘rganildi.

    O‘rganishlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ushbu qarorning ijrosini ta’minlash bo‘yicha joylarda qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotganiga qaramay, hozirgi kunda avtomototransport haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi xususiy tashkilotlarning (bundan buyon matnda — xususiy tashkilotlar) faoliyatida tizimli kamchiliklar aniqlandi:

    Birinchidan, keyingi paytda xususiy tashkilotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori ilovalarida ko‘rsatib o‘tilgan nizomlarning tegishli bandlariga rioya qilmagan holda ochish holatlari tez-tez sodir bo‘lmoqda. Xususan, o‘qitish ishlari turar-joy massivlaridagi har xil tipdagi kottejlarda, savdo markazlari va binolarning yer osti joylarida belgilangan talablarga javob bermaydigan xonalar hamda o‘quv avtomobili sifatida qayta jihozlanmagan, o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan mashq avtomobillarini ijaraga olgan holda amalga oshirilmoqda.

    Ikkinchidan, qator xususiy tashkilotlarning o‘quv dasturlarida ko‘rsatib o‘tilgan amaliy laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borish uchun kerakli asbob-uskunalar va jihozlarning yetishmasligi kuzatilmoqda. Ayrim holatlarda esa hatto amaliy mashg‘ulotlarda umuman qatnashmagan yoki o‘qish muddatini to‘liq tugatmagan tinglovchilarga haydovchilik kurslarini tugatganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarni berish holatlari ko‘zga tashlanmoqda.

    Uchinchidan, qator yangi tashkil etilgan xususiy tashkilotlar faoliyatida o‘quv-mashq maydonlari (avtodromlar)ning yo‘qligi yoki bo‘lsa ham jihozlanmaganligi, o‘quv avtomobillarini saqlash joylarining yo‘qligi, texnik nazorat maskanlarining umuman jihozlanmaganligi yoki mavjud emasligi, o‘quv avtomobillarining kundalik texnik ko‘rikdan o‘tkazilmasligi, avtomobilni amaliy boshqarishni o‘rgatuvchi instruktorlar hamda o‘rganuvchi o‘quvchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmasligi kabi salbiy holatlar mavjud.

    To‘rtinchidan, haydovchilarni tayyorlashda muhim o‘rin tutadigan o‘qitish monitoringini olib borish va o‘quv jarayonini rejalashtirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi asosida tashkil etish ishlari umuman yoki to‘liq yo‘lga qo‘yilmagan.

    Beshinchidan, ta’lim oluvchilarni o‘qitish ishlari yakunlangandan so‘ng ular to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar(o‘quv jurnallari, amaliy boshqarish kitobchalari, yo‘l varaqalari va boshqa normativ hujjatlar)ni o‘z ichiga olgan hujjatlarni saqlash (arxivatsiya) ishlari to‘g‘ri tartibga solinmagan.

    Oltinchidan, xususiy tashkilotlarda o‘qitish sarf-xarajatlari bilan bog‘liq yagona unifikatsiyalashgan tizimning yo‘qligi, real hisob-kitoblarga asoslangan kalkulyatsiya ishlab chiqilmaganligi natijasida tinglovchilardan o‘qish uchun har xil miqdordagi, asoslanmagan to‘lovlar amalga oshirilmoqda.

    Bir so‘z bilan aytganda, qator xususiy tashkilotlar faoliyatida asosiy maqsad haydovchilarni tayyorlash yoki ularning malakasini oshirish emas, balki tijorat bilan shug‘ullanish bo‘lib qolayotganligi ko‘zga yaqqol tashlanmoqda. Vaholanki, avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash inson xavfsizligi bilan bog‘liq faoliyat turi hisoblanadi.

    Yuqoridagi ko‘rsatilgan salbiy holatlar kelgusida respublika yo‘llarida yo‘l-transport hodisalarining ko‘payishiga olib kelishi mumkin.

    O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: mazkur muammolar kelib chiqishining oldini olish va ularni nazorat qilish qaysi tashkilotga yuklatilgan?

    Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish; o‘quvchilar, talabalar va tinglovchilar bilimlarining O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari, davlat talablari va malaka talablariga muvofiqligini tahlil qilish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasining ishchi organi sifatida nodavlat ta’lim muassasalariga litsenziyalar berishni tashkil etish kabi muhim vazifalar yuklatilgan.

    Shulardan kelib chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi Qodir Jo‘rayev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga avtomototransport haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi xususiy tashkilotlarning faoliyatida uchrayotgan tizimli kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilashni hamda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ma’lum qilishni so‘rab deputatlik so‘rovi chiqardi.

    Fuqarolar sog‘lig‘i va xavfsizligi oid ushbu masala mas’ullar tomonidan batafsil o‘rganib chiqiladi va tegishli choralar ko‘riladi, deb o‘ylaymiz.

    13.06.2019, 11:07   Izoh (0)   12956
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Uzbekistan Airways’dan koreyalik fuqaroning ming dollarlik chipta haqi undirib berildi

    13.06.2019, 11:03

    Chilonzor tumanida ko‘p kvartirali uy-joylarni professional kompaniyalar boshqaradi

    13.06.2019, 10:30

    Suriyadan qaytarilgan ayollar va bolalarga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar berildi (foto)

    13.06.2019, 10:18

    Abdulaziz Komilov AQSh elchisini qabul qildi

    13.06.2019, 09:30

    Qashqadaryoda YPX inspektorini kaltaklagan Damas haydovchisi qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan (video)

    13.06.2019, 09:20

    Istanbuldagi YTHda o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi. Uning opasi koma holatida

    13.06.2019, 07:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57

    Jeyn Birkinga tegishli bo‘lgan birinchi Hermes Birkin sumkasi kimoshdi savdosida 7 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 12 iyul, 08:40

    “Real Madrid” yozda to‘rt futbolchi bilan xayrlashishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 08:10

    “Maktab qurish hokimiyat uchun boshog‘riq” — siyosatshunos Hamid Sodiq

    O‘zbekiston | 12 iyul, 00:34

    “Bo‘lgan ishni ortga qaytarib bo‘lmaydi” — Ulug‘bek Rashitov

    Sport | 11 iyul, 23:36

    Tramp: Rossiyaga “nimadir bo‘ladi”

    Dunyo | 11 iyul, 23:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.