Bolgariyalik talaba Andrea Ivanova qo‘g‘irchoq Barbiga o‘xshash uchun bir yilda 15 ta kosmetik operatsiyadan  o‘tdi. “RIA Novosti”ning yozishicha, qiz yoshligidan o‘zining sevimli qo‘g‘irchog‘iga o‘xshashni xohlagan.

Foto: Instagram

Ma’lum bo‘lishicha, Sofiyada yashovchi 21 yoshli Andrea Ivanova 2018-yildan boshlab labini kattalashtirish uchun 15 marta mutaxassislarga murojaat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, endi uning lablari o‘zi orzu qilgandek ko‘rinishda.

Foto: Instagram

Bundan tashqari, qiz qo‘g‘irchoqqa ko‘proq o‘xshash uchun ko‘krakni kattalashtirish operatsiyasini ham o‘tkazgan. Andrea sochlarini och rangga bo‘yagan va har kuni ulama kiprikli yorqin pardoz qiladi.

Xabarda aytilishicha, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarri uning suratlari ostida salbiy izohlar qoldirmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, qiz Barbi qo‘g‘irchog‘iga emas, ko‘proq Lox-Ness mahluqi yoki multfilm qahramoni Daffi Dakning urg‘ochisiga o‘xshab qolgan.

Andreaning aytishicha, u bu gaplarga e’tibor bermaydi, chunki tashqi ko‘rinish — bu uning shaxsiy tanlovi.