Dubayda Ummondan qaytayotgan turistik avtobus avariyaga uchrashi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Yana 9 nafar yo‘lovchi jarohatlangan. Qurbonlar va jabrlanganlarning millati hozircha ma’lum qilinmadi.
Haydovchi avtobus uchun mo‘ljallanmagan trassadan yurgani va yo‘l belgisiga borib urilgani bildirilmoqda.
Izoh (0)