Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident huzuridagi Xalqaro Orolbo‘yi innovatsiya markaziga 25-may kuni Yaponiyaning OYO korporatsiyasi vakillari — Kazuxiro Azami va Sunao Oboyashi tashrif buyurdi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

OYO — ekologik talofatlar, tabiiy ofatlar tufayli yer yuzi va yer ostida ro‘y bergan salbiy o‘zgarishlarni o‘rganish, baholash hamda bartaraf etish bo‘yicha faoliyat olib boruvchi yirik korporatsiya.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Korporatsiya vakillarining Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida Xalqaro Orolbo‘yi innovatsiya markazi, OYO korporatsiyasi va O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Hujjatga ko‘ra, OYO korporatsiyasi bilan hamkorlikda mahalliy xomashyodan cho‘l o‘simliklarini yetishtirish uchun inkubator-bloklarni tayyorlash ilg‘or texnologiyasi joriy etilishiga kelishildi.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Blok-inkubatorlarni tayyorlash bo‘yicha ishlar “Mo‘ynoq” ilmiy-ishlab chiqarish uchastkasida boshlandi.

Kazuxiro Azami va Sunao Oboyashi ishtirokida 25-maydan 2-iyungacha bo‘lgan davrda yopiq ildizli tizimda saksovul yetishtirish texnologiyasi bo‘yicha 3000 dona blok-inkubatorlar tayyorlanishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, keyinchalik blok-inkubatorlarda yetishtirilgan saksovul ko‘chatlari Orol dengizi qurigan tubining muayyan uchastkalariga ekiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Soliqlar, jarimalar, kommunal va boshqa to‘lovlarni qanday qilib uydan chiqmasdan to‘lash mumkin?
Mahalliy
BAA O‘zbekiston zargarlik sanoatiga investitsiya kiritishi kutilyapti
Dunyo
Zelenskiyning rafiqasi ukrainaliklar chiroqsiz va issiqliksiz yashashga roziligini ma’lum qildi