2016-yili Belgiyaning Bokreyk bog‘idagi ko‘lning qoq o‘rtasidan o‘tuvchi 212 metrli velosiped yo‘lakchasi foydalanishga topshirilgan. Uning eng chuqur joyi suvga bir yarim metrga “cho‘kkani” sabab chetdan qaragan odamga velosiped haydovchilar rostdan ham suvda suzayotgandek ko‘rinadi, deb xabar beradi TJournal.

Foto: The Guardian

Bundan tashqari mazkur bog‘ ochiq osmon ostidagi muzeyi bilan ham mashhur. U yerdan Belgiya qishloq hayoti tarixiga oid ko‘plab haykaltaroshlik va art-inshootlar kolleksiyasi o‘rin olgan.

Foto: The Guardian

Foto: The Guardian