Kann xalqaro kinofestivali doirasidagi ENTRE 2 Marches qisqa metrajli filmlar festivalida  o‘zbekistonlik kinorejissyor Shokir Holiqovning “Choy” filmi Gran priga sazovor bo‘ldi. Bu haqda muallifning o‘zi Facebook‘dagi sahifasida ma’lum qilgan.

Foto: Shokir Holiqov

“Uraa! Endi Kanndan ham mukofotimiz bor!” дея қувончини баҳам кўрган режиссёр.

Rejissyor ushbu filmi bilan Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Hindiston, Makedoniya, Braziliya, Rossiya va AQShda bo‘lib o‘tgan xalqaro qisqa metrajli filmlar festivallarida ham Gran-pri va boshqa nominatsiyalarni qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, uning “Bizni tushunishmaydi” va “Dilemma” filmlari ham xalqaro festivallarda munosib o‘rinlarni qayd etgan.