Aktyor Deniel Kreyg Jeyms Bond haqidagi yangi filmni suratga olish jarayonida to‘pig‘idan jarohat olgani sabab operatsiya qilinadi. Bu haqda aktyor o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Mirror nashrining xabar berishicha, aktyor Yamaykada suratga olish ishlari vaqtida jarohat olgan: u sahnalarning birida yugurayotganida to‘pig‘ini shikastlab olgan va tashxis qo‘yish maqsadida AQShga yetkazilgan.
“Deniel Kreyg olgan jarohati sabab kichik bir operatsiyasini boshidan o‘tkazadi. Kreyg operatsiyadan so‘ng ikki hafta davomida reabilitatsiyada bo‘lishiga qaramasdan filmni suratga olish ishlari davom etadi. Jeyms Bond haqidagi navbatdgi film 2020-yilning aprelida katta ekranlarga chiqishi kutilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda Jeyms Bond filmi qachon olinadi?
Izoh (0)