Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev (16 ta g‘alaba, 14 ta nokaut) professional boksdagi o‘zining navbatdagi jangidagi raqibini bilib oldi.

Foto: Instagram

GoSport bergan xabarga ko‘ra, 9-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan jangda Shohjahonga puerto-rikalik Danielito Sorrilya (11 ta g‘alaba, 9 ta nokaut) raqiblik qiladi.

Jang Rossiya poytaxti Moskva shahrida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Shohjahon Ergashev so‘nggi marta fevral oyida amerikalik Maykl Foksga (20 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat, 5 ta nokaut) qarshi ringga chiqib, ochkolar hisobiga g‘alaba qozongandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!