Poytaxtdagi “Yoshlar ijod saroyi”da “Registon”o‘quv markazi tomonidan muntazam ravishda tashkil etilayotgan “Esselar tanlovi 2019” respublika iqtidorli yoshlar ko‘rik tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tanlov tashkilotchilari “Daryo”ga xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Respublika va hattoki qo‘shni mamlakatlar miqyosida o‘tkazilgan tanlovda 13 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ijodkorlar ishtirok etdi. Maxsus belgilangan va erkin mavzularda yozilgan minglab esselar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovning 2019-yil yakuni bo‘yicha 200 nafar ijodkorlarning esselari “Esselar tanlovi 2019”ning g‘olib deb topildi.

Foto: “Daryo”

1-o‘rin. Abbos Nurullayev “Mening hayotim” mavzusida yozgan essesi uchun

2-o‘rin. Zulfinoy Yusupova “Dunyoqarashimni o‘zgartirgan asar” mavzusida yozgan essesi uchun

3-o‘rin. Dinora Sobirova “Dunyoqarashimni o‘zgartirgan asar” mavzusida yozgan essesi uchun

3-o‘rin. Shomahmud Ramazonov “Vatan ozodligi uchun kurashgan kimni o‘z qahramonim deb bilaman?” mavzusida yozgan essesi uchun taqdirlandi.

Foto: “Daryo”

Taqdirlash marosimida Nazar Eshonqul, Ahtamqul Karim, Orif To‘xtash va Muhammad Ismoil kabi o‘zbek xalqining suyukli yozuvchi, shoirlari mehmon bo‘ldi va sovrindorlar suyukli ijodkorlari qo’lidan sovg‘alarni qabul qilib oldi.

Taniqli so‘z ustasi Zokir Ochildiyev, estrada xonandalari Umar Shamsiyev, Nargiza Azimova va Shohzamonlar tadbirga bayramona ruhiyat baxsh etdi.

Foto: “Daryo”

2 oyga yaqin davom etgan tanlovda minglab esselar orasidan 283 tasi tanlab olinib “Esselar to‘plami” deb nomlangan kitobda chop etiladigan bo‘ldi.