Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 22 yoshli Sh.R., A.I. va 20 yoshli L.T. 25 yoshli N.M.ning qo‘lidagi Redmi 6 Pro mobil telefonini tortib olib, qochgan.
IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, voqea 18-may kuni sodir bo‘lgan.
Talonchilar voqea joyidan qochayotgan vaqtida shu yerda xizmat olib borayotgan IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)