Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudida giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi sudyasi Maqsud Raimov “Drayo”ga xabar berdi.

Foto: UzReport

Foto: UzReport

Sudlanuvchi Tursunov Matlab (ism sharifi o‘zgartirilgan) Jizzax viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Forish tumani hududida o‘tkazilayotgan tadbir davomida, Muminov Ruslanga (ism sharifi o‘zgartirilgan) go‘yoki giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda o‘tkazayotganligini bilib, o‘zini xaridorga telefon apparatini sotayotgandek qilib ko‘rsatib, 300 000 so‘m evaziga polietilen paketga solingan marixuana giyohvandlik vositasini sotib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Shundan keyin Jizzax viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Mirzacho‘l tumani hududida o‘tkazilayotgan tadbir davomida, Forish tumanida yashovchi fuqaro M.Tursunov R.Muminovga 500 000 so‘m evaziga marixuana giyohvandlik vositasini sotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlanib, xolislar ishtirokida tintuv o‘tkazilganida undan marixuana giyohvandlik vositasi va 500 000 so‘m pullar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi M.Tursunovni O‘zbekiston Respublikasi JK 273-moddasining 5-qismi va 276-moddasining  1-qismi bilan aybdor deb topib, unga 10 (o‘n) yil 6 (olti) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Shuningdek, o‘ta xavfli retsidivist deb topilib, jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.

 

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda qator yo‘l qoidabuzarliklarini qayd etuvchi yangicha kameralar sinovdan o‘tkazilmoqda
Mahalliy
Andijonda er 22 yoshli ayoli, uning onasi va ukasini o‘ldirgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
Mahalliy
Buxoroda 29 yoshli o‘g‘il onasini pichoqlab o‘ldirdi