Massachusets shtatidagi Pibodi shahrida joylashgan shifoxonaning tug‘ruq bo‘limida ishlaydigan sakkiz nafar hamshira bir vaqtda homilador bo‘lib qoldi, deb xabar beradi “Zakon.kz”.

Foto: Beverly Hospital

Ayollarning har birida tug‘ruq davri turlicha. Taxminlarga ko‘ra, bolalar joriy yilning iyun—oktabr oylari oralig‘ida dunyoga keladi.

Hamshiralarning besh nafari tug‘ilajak farzandining jinsi bilan qiziqqan — ularning barchasi o‘g‘il kutmoqda. Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, ikki oy oldin shifoxonada to‘qqiz nafar homilador xodim ishlagan. Mart oyida ulardan biri Tara Randatsso o‘g‘illi bo‘lgan.

“Homiladorlikning ajoyibligi — senda tayyorgarlik uchun vaqt bo‘ladi”, — deydi shifoxona mudirasi Shanna Mavilio.