Chilonzor tumanidagi “Toshkent” avtovokzali rekonstruksiya qilinib, yangicha qiyofa kasb etdi. Bir vaqtning o‘zida 2 mingdan ziyod yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi. Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlarda qatnovlar yo‘lga qo‘yildi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: O‘zA

Vokzal eng ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan. Dispecherlik xizmati, chiptaxona, kutish zali va VIP zalda yo‘lovchilar uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan. Mehmonxona, ona va bola hamda tibbiyot xonalari, savdo do‘konlari, ayollar va erkaklar uchun alohida namozxona, barlar tashkil etilgan. 31 ta perron, 80 ta avtobus uchun joy mavjud.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA