72-xalqaro Kann kino festivali doirasidagi “Marche du film” kino bozoridagi o‘zbek stendi taqdimotida 17-may kuni rejissor Abduvohid G‘aniyev va prodyuser Zafar Yo‘ldoshevning “Elparvar” badiiy filmi namoyish etiladi.

Foto: “O‘zbekkino” MA matbuot xizmati

Bu haqda jurnalist Feruz Muhammadga “O‘zbekkino” MA matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shuningdek, kino bozor ishtirokchilari e’tiboriga Zulfiqor Musoqovning “Berlin-Oqqo‘rg‘on”, Jahongir Ahmedovning “Islomxo‘ja”, Rustam Sa’diyevning “Baron”, Umid Hamdamovning “Issiq non”, Sarvar Karimovning “Sarvqomat dilbarim” hamda ellikdan ortiq badiiy, hujjatli, animatsion filmlar havola etiladi.