12-may, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Premyer Liganing so‘nggi turida “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Kardiff”ga yutqazib qo‘ydi (0:2).

Foto: Reuters

Mazkur uchrashuvning 23 va 54-daqiqalarida “mankunianlar” o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi.

Shunday qilib “Yunayted” joriy mavsum “Old Trafford”da kechgan Premyer liga doirasidagi 19 ta o‘yinda 18 ta to‘p o‘tkazib yubordi va atigi 2 ta quruq o‘yin o‘tkazdi.

Gracenote Live’ning xabar berishicha, bu jamoaning 1962/63-yilgi mavsumdan beri dastlabki eng yomon natijasi hisoblanadi. O‘shanda “qizil iblislar” chempionatda xuddi shuncha quruq o‘yin o‘tkazgandi.

Ma’lumot uchun, Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari joriy mavsumni 66 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 6-o‘rinda yakunladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!