Amerikalik aktrisa Anjelina Joli og‘ir kasalligi haqida xabarlar tarqalayotgan bir paytda uzoq vaqtdan buyon birinchi marta omma oldida namoyon bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Foto: “Kp.ru”

Joli olti farzandining uch nafari bilan do‘konlarni aylanishga chiqqan. Ta’kidlanishicha, aktrisa shopping chog‘ida ko‘p kulgan, so‘ng u bolalar bilan savdo markazini yo‘ltanlamasda tark etgan.

Avvalroq Jolining sog‘lig‘i yomonlashgani haqida xabarlar tarqalgan edi. U 42 kilogrammgacha ozib ketgan, shuningdek, unda yuz mushaklariga ta’sir qiluvchi Bell falaji aniqlangan. Aktrisa, hatto vasiyatnoma yozgani aytilmoqda.