Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida joylashgan 91-maktab o‘quvchisi suvga cho‘kib ketdi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
2-may kuni darsdan so‘ng soat taxminan 16:30 larda Yakkasaroy tumani Yunus Rajabiy ko‘chasi 66/4-uy qarshisida oqib o‘tuvchi anhor oldiga shu maktabning 6-sinf o‘quvchilari B.I, X.X va B.G‘lar birgalikda kelib, ulardan B.G‘ va B.I cho‘milmoqchi bo‘lib kiyimlarini yechib, suvga tushgan va B.G‘ tezda qirg‘oqga qaytib chiqgan, lekin B.I suvdan chiqa olmasdan cho‘kib ketgan..
Ushbu holatni ko‘rib qolgan fuqaro R.S. zudlik bilan voqea joyiga chiqib kelgan va bu vaqtda B.I. suvga cho‘kib ketganligini ko‘rib, zudlik bilan FVV qutqaruv xizmatiga xabar bergan.
Ushbu holat yuzasidan hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.