Braziliyaning Portu-Velyu shahrida ulkan ilon avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Foto: YouTube

Uch metrli ilon o‘rmondan chiqib, avtomobil yo‘li tomon harakatlangan.

Anakonda tufayli haydovchilar mashinalarini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Ular avtomobillaridan chiqib, ilonni suratga olishga shoshildi.