Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosari B.Isoqov hamda Oliy sudi sudyalari 23-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida sayyor qabullar o‘tkazdi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Sayyor qabullarda aholining jinoiy, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlarga oid murojaatlari tinglandi.Qo‘ng‘irotdagi qabul davomida 56 nafar fuqaroning murojaati tinglanib, uy-joy, mol-mulk, ommaviy huquqiy munosabatlar, ma’muriy huquqbuzarliklar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fuqarolarning arzlari eshitildi.

12 nafar fuqaroning arizalari nazorat tartibida qabul qilindi. 44 nafar fuqaroga sudga shikoyat qilish tartibi va muddatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Shuningdek, sayyor qabul jarayonida jazoni o‘tayotgan mahkumlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 74-moddasiga asosan jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish bo‘yicha iltimosnomalar ko‘rib chiqildi va 19 nafar shaxs jazoni o‘tash joylaridan ozod qilindi.

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Shuningdek, Oliy sud raisining o‘rinbosari X.Yodgorov va Oliy sud sudyalari Samarqand viloyatining Pastdarg‘om va Urgut tumanida tashkil etilgan sayyor qabullarda fuqarolarning murojaatlarini o‘rgandi.

Sayyor qabullarda sayyor sud majlislari ham o‘tkazildi.

Sayyor sudlarda 31 nafar mahbus jazoni o‘tash joyidan muddatidan oldin ozod qilinib, oilasi bag‘riga qaytarildi. Shuningdek, ahloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash va sinov muddatini o‘tayotgan 131 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod etildi. 2 nafar sudlanuvchiga doir ish apellyatsiya va kassatsiya instansiyalarida ko‘rilib, sud zalida qamoqdan ozod qilindi hamda 1 nafar sudlanuvchi JKning 70-moddasiga asosan tayinlangan jazodan ozod qilindi.

Sayyor qabullarda sud zalidan ozod bo‘lgan hamda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan 78 nafar fuqaro va ularning oila a’zolari Prezidentimizga, Oliy sud rahbarlariga o‘z minnatdorliklarini izhor qildi.

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Pastdarg‘om tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda 102 nafar fuqaro qabul qilindi. Ulardan 11 nafarining arizasi nazorat tartibida, 17 nafarining arizasi o‘rganib chiqish uchun qabul qilindi.

Murojaatlarning 72 tasi sudga oid, , 4 ta shikoyat sudyaning, Majburiy ijro byurosi xodimlarining xatti-harakatidan norozilik, 25 tasi boshqa masalalarga taalluqli bo‘ldi.

Sayyor qabullarda 40 nafar fuqaroga huquqiy maslahat berildi, 25 ta murojaat joyida hal etildi. 37 ta murojaat o‘rganish uchun qabul qilindi.

Urgut tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda 46 nafar fuqaroning murojaati eshitildi, ulardan 10 ta arizasi nazorat tartibida ko‘rib chiqish uchun, 13 ta ariza o‘rganib chiqish uchun qabul qilindi.

Murojaatlarning 35 tasi sudga oid, 1 ta hokimiyat tomonidan uy-joy berilmayotgani, 1 ta oilani tiklash, 4 ta sud qarorlarining ijrosi, 5 ta boshqa masalalarga taalluqli bo‘ldi.

Sayyor qabullarda 18 nafar fuqaroga huquqiy maslahat berildi, 5 ta murojaat joyida hal etildi. 23 ta murojaat o‘rganish uchun qabul qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi