• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Internetda tarqalgan video sabab 10 yildan beri elektrsiz yashagan ayol xonadoniga “nur” kirdi. Videoni tarqatgan shaxs esa 5 sutkaga qamaldi

    Bundan sal avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida yashovchi ayol turmush sharoitining og‘irligi, 10 yildan beri elektr chirog‘isiz istiqomat qilayotgani va eng yomoni uning muammosini tumanda hech kim tinglamayotganini bildiradi. Murojaatchi ayol video so‘ngida Prezident Shavkat Mirziyoyevga dardini aytish istagi borligini ham ma’lum qiladi.

    Biroz o‘tib internetga joylangan ikkinchi videoda “chiqish qilgan” murojaatchi ayol bu safar hech qanday muammosi yo‘qligini, hech kimga shikoyat qilmaganini aytadi.

    Qisqa fursat ichida ketma-ket tarqalgan videolar bir-biriga teskari ma’lumotni uzatgani uchun aslida gap nimada ekanligini bilish maqsadida “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshev Muzrabot tumanining “Mohiyat” qishlog‘ida bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    — Meni hech kim eshitmayapti, mahallamiz raisi tinglamayapti, — deydi Muzrabot tumanining “Mohiyat” mahallasida yashovchi Rahbar Zaripova. – Shuning uchun ham bundan bir oy ilgari tuman Xalq qabulxonasiga borib, sharoitim og‘irligini bildirdim. Moddiy yordam berishlarini so‘radim. Ammo hech qanday natija bo‘lmadi.

    Rahbar Zaripova.

    Rahbar Zaripova.
    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, 10 yildan beri hal bo‘lmay kelayotgan elektr masalasi ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videodan so‘ng ijobiy hal etilgan.

    Rahbar Zaripovaning bildirishicha, internetda tarqalgan birinchi videoni 4-sektorda ishlovchi xodim bilan kelgan unga notanish fuqaro tarqatgan.

    — Haqiqatdan ham elektr tokisiz yashayotgan fuqaroning xonadoniga tok o‘tkazib berdik, — deydi Muzrabot tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Umidulla Hamidov. – 5 ta simyog‘och orqali sim tortib keldik va ulab berdik.

    Tuman elektr tarmoqlari o‘rnatgan simyog‘och.

    Tuman elektr tarmoqlari o‘rnatgan simyog‘och.
    Foto: “Daryo”

    Umidulla Hamidovning ma’lumot berishicha, ushbu xonadon noqonuniy turar joy bo‘lgani bois ham shuncha yillar davomida elektr tokisiz yashagan.

    Tuman elektr tarmoqlari o‘rnatgan simyog‘ochlar.

    Tuman elektr tarmoqlari o‘rnatgan simyog‘ochlar.
    Foto: “Daryo”

    — Qo‘shnilarimiz o‘zaro pul yig‘ib, elektr simi tortib kelishgandi, — deydi Rahbar Zaripovaning turmush o‘rtog‘i Shavkat Botirov. – O‘shanda bizga “pul yig‘ayapmiz qo‘shilasizlarmi?” deb kelishdi. Ammo qurbimiz yetmagani bois ham qo‘shnilar yig‘ayotgan pulni berolmadik. Va 11 yil davomida “svet”siz yashadik. Baraka topishsin, rahbarlar 10–11-aprel kunlari kelib “svet” o‘rnatib berishdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shavkat Botirov yashab turgan xonadoni haqiqatdan ham kadastr hujjatiga ega emasligini tasdiqlab, ayni kunda hujjatlashtirish ishlarini olib borayotganini bildirdi.

    “Daryo” muxbiri bilan telefon orqali muloqotga kirishgan tuman elektr tarmoqlari korxonasi mas’uli aholidan tushayotgan murojaatlar juda ko‘pligi, barcha muammolarni hal etishga imkoni yo‘qligidan nolidi.

    — Murojaatlar tiqilib yotibdi, — deydi tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Umidulla Hamidov. – Ularning hammasini ham hal etolmayapmiz. 60–70 foiz murojaatlarni hal qilib, qolgan viloyat miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan muammolarni “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat Dasturidan chiqqan materiallar orqali hal etilishi haqida ma’lumot berayapmiz. Bu haqda Rahbar Zaripovaga sal avvalroq ma’lumot ham bergandik.

    Surishtiruvlarimizdan ma’lum bo‘lishicha, Rahbar Zaripova joriy yilning 2-aprel kuni Xalq qabulxonasiga murojaat qilib, qishloq aholisining ko‘pchiligida elektr toki yo‘qligini aytgan. Bu borada amaliy yordam so‘ragan. Murojaatga javob bergan mas’ul tashkilot — Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rahbari M.Shamsiddinov esa 2019-yil 9-apreldagi javob xatida murojaatchiga aholi manfaatlarini o‘ylab qilgan murojaati naqadar ahamiyatli ekanligini aytsa-da, mazkur muammoni kelgusidagi rejaga kiritishlarini bildirgan. Silliqina qilib, “hozircha imkoniyatimiz yo‘q, agar javobimizdan norozi bo‘lsangiz fuqarolik huquqingizdan foydalanib, boshqa tashkilotlarga murojaat qilishingiz mumkin” deyishgan. Alal oqibat Rahbar Zaripova muammosi ijtimoiy tarmoq orqali dunyoga jar solingan.

    Foto: “Daryo”

    Rahbar Zaripova mahalladan berilishi lozim bo‘lgan moddiy yordam masalasida ham to‘xtalar ekan, mahalla raisi odatda 6 oy davomida berib boriladigan bola pulining 1 oyini “xizmat haqi” evaziga olishini aytadi.

    — 14 yoshgacha bo‘lgan bola puliga hujjat qilsak, 6 oy davomida moddiy yordam puli yozishsa o‘sha pulning bir oyini mahalla raisining o‘zi oladi, — deydi Rahbar Zaripovaning turmush o‘rtog‘i Shavkat Botirov. – Yo‘qsa moddiy yordam yozishmaydi.

    Rahbar Zaripova hamda Shavkat Botirovlar “Daryo” muxbirining “Hozirda ish olib borayotgan mahalla raisi sizlardan bir oylik xizmat haqi olib qolganmi degan savolimizga “nafaqat hozirgi rais oldingi raislar ham bir oylik pulni ushlab qolishardi, yo‘qsa pul yozmay sarson qiladi” deya javob berdi.

    — 6 oy davomida olishimiz kerak bo‘lgan bola pulining bir oyini raisga bermasak, “bu oy yozaman, keyingi oy yozaman” deb sarson qiladi, — deydi Shavkat Botirov. – Yaqinda shunday bo‘ldi, hujjat taxladim. Rais dekabr oyidan boshlab (2018-yil dekabr oyi nazarda tutilmoqda — tahririyat) pul olasiz dedi. Keyin aytilgan paytiga pul chiqmagach, yangi yildan keyin bordim. Borsam, “fevral oyidan olasiz” dedi. Keyingi safar esa aprel oyiga ko‘chganini bildirdi. Xullas oladigan bola pulimizning bir oyligini bermasak, bu oy, keyingi oy deb aldab kelishadi.

    — Endigina ish boshlagan paytim Rahbar yonimga bordi va sharoiti og‘irligini, uyida “sveti” yo‘qligini aytdi, — deydi “Mohiyat” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Sanobar Xolmurodova. – Moddiy yordam yozsak, “svet” o‘rnatishini bildirdi. Shunda oilaning ahvolini o‘rganib, 2017-yil dekabr oyidan boshlab 2018-yil may oyiga qadar bo‘lgan muddat uchun moddiy yordam puli to‘lab berdik. Ammo pulni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborib, “svet” o‘rnatishmadi.

    Sanobar Xolmurodova.

    Sanobar Xolmurodova.
    Foto: “Daryo”

    Rais Sanobar Xolmurodova Rahbar Zaripova xonadoni haqiqatdan ham moddiy yordam so‘rab 2018-yil ham murojaat qilganini, ammo 2018-yilgi xatlovda oilaning tomorqasi 10 sotixdan ko‘p ekanligi ma’lum bo‘lgach, ushbu xonadonga moddiy yordam puli berilmaganini izohladi.

    — Hozirda ularda bir bosh “ona-bola sigir” borligi va tomorqasi 10 sotixdan oshib ketgani bois ham moddiy yordam puli yozmadik, — deydi Sanobar Xolmurodova. – Chunki bu oila daromadi belgilangan mezondan oshib ketyapti. Bu haqda ularga tushuntirdik.

    Sanobar Xolmurodovaning ma’lumot berishicha, Rahbar Zaripova 2019-yil mart oyida tuman hokimining xalq qabulxonasidagi qabuliga borganda, hokim yo‘qligi sabab o‘rinbosari Komiljon Salimov huzurida bo‘lgan. Murojaatchi hokim o‘rinbosariga moddiy yordam berilmayotgani haqida bildirgach, tumandan ishchi guruh kelib xonadon ahvolini o‘rgangan. O‘rganish natijalariga ko‘ra, oila daromadi belgilangan me’yordan ortiq ekani aniqlangan va Rahbar Zaripova xonadoniga moddiy yordam yozilmagan.

    Foto: “Daryo”

    — Rahbar Zaripovaning tuman hokimi qabuliga borishidan maqsadi “sveti” masalasini hal etish va simyog‘och so‘rash edi, — deydi mahalla raisi. – Ammo Rahbar o‘sha kuni hokim o‘rinbosariga faqat moddiy yordam berilmayotganini bildirgan. Simyog‘och so‘ramagan.

    Rahbar Zaripovaga ko‘ra, internetda tarqalgan videoning birinchisini unga no’malum kimsa olgan bo‘lsa, ikkinchi videoni tuman hokimligida suratga olishgan.

    — Videoni internetga tarqatgan o‘sha noma’lum kimsa “Bog‘i Eram” mahallasida yashovchi Ulug‘bek Murodov ekanligi ma’lum bo‘ldi, — deydi Sanobar Xolmurodova. – Ulug‘bek Murodov ilgari tuman elektr tarmoqlari korxonasida ishlagan ekan. Hozirda esa hech qayerda ishlamaydi. Shunday bo‘lsa-da, Abduqodir ismli 4-sektorda ishlovchi xodim bilan ushbu xonadonga kelib, “biz sizga yordam beramiz” deb videoga olgan va internetga tarqatgan.

    Ma’lum bo‘lishicha, birinchi videoni internetga joylagan Ulug‘bek Murodov shaxsi ma’lum bo‘lgach, “Mohiyat” mahallasi raisi Sanobar Xolmurodova uni mahallasi sha’nini yerga urishda ayblab sudga bergan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining 2019-yil 10-apreldagi qaroriga ko‘ra, Ulug‘bek Murodov 5 sutkaga qamalgan.

    Jurnalistik surishtiruvlarimiz natijasida ma’lum bo‘lishicha, Ulug‘bek Murodov tasvirga olgan video internetda tarqalgach, Rahbar Zaripova tuman ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan. Undan so‘ng esa tuman hokimligiga olib borilib, o‘sha internetda tarqalgan ikkinchi video syomka qilingan.

    Rahbar Zaripovaning uyi.

    Rahbar Zaripovaning uyi.
    Foto: “Daryo”

    Tuman ichki ishlar bo‘limiga mahalla raisi hamrohligida olib borilgan Rahbar Zaripova ichki ishlar bo‘limida unga bosim o‘tkazilgani, qo‘rqitilganini aytib, “Onadan qayta tug‘ilgandek bo‘ldim. Qo‘rqib ketdim”, — deydi.

    Rahbar Zaripovaning tuman ichki ishlar bo‘limiga olib borilganini tasdiqlagan mahalla raisi Sanobar Xolmurodova dastlabki suhbat uning ishtirokisiz bo‘lib o‘tganini aytib, unga nisbatan bosim o‘tkazilganidan bexabarligini bildirdi.

    “Daryo” muxbiri bilan muloqotda bo‘lgan Muzrabot tumani hokimi o‘rinbosari Fotima Normamatova ham video internetda tarqalgach, hududga borish uchun mahalla raisi Sanobar Xolmurodovaga qo‘ng‘iroq qilganini, mahalla raisi esa Rahbar Zaripova bilan birga tuman ichki ishlar bo‘limida ekanligini aytgach, shu zahoti ichki ishlar bo‘limiga yetib borganini bildirdi.

    — Samarqandning Kattaqo‘rg‘onidagi ichki ishlar xodimi bilan bog‘liq voqeadan so‘ng, juda ogoh bo‘lib qolganimiz bois Rahbar Zaripovaning ichki ishlar bo‘limiga olib kelinganini eshitib, tezda yetib bordim, — deydi Fotima Normamatova. – Suhbat mening ishtirokimda olib borildi. Men borgunimga qadar nima gap bo‘lgan bilmayman, ammo mening ishtirokimda tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Bahrom Tursunov olib borgan suhbat mobaynida Rahbar Zaripovaga hech kim bosim o‘tkazgani yo‘q.

    Muzrabot tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Bahrom Tursunov Rahbar Zaripovaning o‘ziga bosim o‘tkazilgani haqidagi iddaosini tamoman rad etdi.

    Tuman IIB boshlig‘i fuqaro Rahbar Zaripovaning ichki ishlar bo‘limiga chaqirilishini fuqaroning ariza berishi bilan bog‘ladi. Boshliq “Daryo” muxbirining “fuqaro Rahbar Zaripovadan qanday ariza tushgan?” degan savoliga uni internetda videosini tarqatib yuborgan fuqaro ustidan shikoyat qilganini, arizaga ko‘ra fuqaro javobgarlikka tortilganini ma’lum qildi.

    Qiziq,“Mohiyat” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi videoni internetga tarqatgan fuqaroni men sudga berdim deyotgan bo‘lsa, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Rahbar Zaripova o‘ziga noma’lum kimsa ustidan ichki ishlarga shikoyat qilganini bildirmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Muammoni o‘rganish uchun 19-aprel kuni Muzrabot tumaniga qilgan safarimiz chog‘ida g‘alati voqealarga ham guvoh bo‘ldik. Dastlab, murojaatchi bilan suhbatimizdan so‘ng, “Mohiyat” mahallasi raisi Sanobar Xolmurodovaga hokimiyatga borishimiz lozimligini aytib, yo‘l ko‘rsatishini iltimos qildik. Bizga yo‘l ko‘rsatishni boshlagan rais avtomobili qorong‘i ko‘chada bir pasda g‘oyib bo‘lgani yetmaganidek, tuman hokimligini amallab topganimizda navbatchi tomonidan chaqirib berilgan hokim yordamchisi ham jurnalist ekanligimizni bilgach “navbatchi niqobiga kirib” hech qanday ma’lumot bermay hokimlik binosini tark etdi. To‘g‘rirog‘i, qochib qoldi. Na tuman hokimi va na o‘rinbosarlarini topolmagach, viloyat hokimligi saytida ko‘rsatilgan telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qildik. Ma’lum qilishlaricha, Muzrabot tuman hokimi boshchiligidagi barcha o‘rinbosarlar o‘qishga ketgan. (Fotima Normamatova bilan telefon orqali muloqotimizda u kishi ayni paytda ish bilan Qiziriq tumanida ekanligini ma’lum qilgandi. Yana bir o‘rinbosar Shuhrat Azimov ham keyin ko‘rinish berdi).

    Rahbar Zaripova xonadonining 11 yillab zulmatda yashashi haqidagi muammo ijtimoiy tarmoqlar orqali dunyoga jar solingandan keyingina hal etilgani yaxshimas, aslida. Shu paytga qadar mas’ullar eshigini takror-takror qoqqan ayol arz-dodi shunchaki tinglangani va to‘rt qator so‘z bilan buning imkoni yo‘qligi uqtirilgani hudud rahbarlarining fuqaro muammosiga qanchalik darajada mas’uliyat bilan yondashganidan darak bermayaptimikin? O‘sha imkonsiz deyilayotgan muammoning ham yechimi bor ekan-ku. Mas’ullar har bir muammoni shu taqlid faqatgina jar solingachgina hal qilish shartmikin?

    24.04.2019, 15:34   Izoh (0)   260287
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonlik yana bir yigit rossiyalik blogerdan Porsche Cayenne yutib oldi

    24.04.2019, 15:23

    Navoiyda pora olgan “pasport stol” boshlig‘iga sud hukmi o‘qildi

    24.04.2019, 14:59

    Buxorodagi YTHda yosh ona va uning chaqalog‘i vafot etdi

    24.04.2019, 14:46

    Toshkentda 19–23-aprel kunlari 40 dan ortiq hududda yog‘ingarchilik oqibatlari bartaraf etildi

    24.04.2019, 14:23

    Toshkent ko‘chalarining birida yomg‘ir sabab daraxt avtomobillar ustiga yiqildi (video)

    24.04.2019, 14:12

    Nukusda yerga cho‘kib ketgan yuk mashinasi “qutqarildi” (foto)

    24.04.2019, 14:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston merganlari Turkiyadagi musobaqada birinchi o‘rinni oldi

    O‘zbekiston | 18 may, 12:30

    “Real Madrid” Rodrigoga o‘rinbosar topdi

    Sport | 18 may, 11:55

    Rossiya maktablarida o‘qish uchun imtihondan o‘tolmagan migrant bolalarni vataniga qaytarib yuborish taklif qilindi

    Dunyo | 18 may, 11:28

    Ronaldu qaysi klub futbolchilari bilan hech qachon libos almashmasligini aytdi

    Sport | 18 may, 10:13

    Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 09:58

    UFC. Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi (vdeo)

    Sport | 18 may, 09:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.