Bugun, 20-aprel kuni Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining ikkinchi kungi janglari bo‘lib o‘tadi.
Unda 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi:
Kunduzgi dastur (12:00 dan so‘ng, Toshkent vaqti bilan)- -49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov—Daichi Xasebe (Yaponiya)
- -60 kg: Shukurjon Rahimov—Man Cho Chol (KXDR)
- -54 kg: Tursunoy Rahimova—Kian Shi (Xitoy)
- -69 kg: Shahnoza Yunusova—Nilufar Boboyorova (Tojikiston)
- -56 kg: Miraziz Mirzahalilov—Almanbet Alibekov (Qirg‘iziston)
- -64 kg: Shunqor Abdurasulov—Amir Masud (Pokiston)
- -75 kg: Isroil Madrimov—Trung Vu (Vyetnam)
- -48 kg: Fotimaxon Tursunboyeva—Nxi Nguyen (Vyetnam)
Erkaklar o‘rtasida 64 kg vazn toifasi vakili Shunqor Abdurasulov iroqlik raqibi Kadim al-Ezireni mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Bobousmon Boturov (-69 kg) musobaqadagi o‘zining birinchi jangini mo‘g‘ulistonlik bokschi Bayarku Ganbaatarga qarshi o‘tkazgandi. U raqibini 2-raundda texnik nokautga uchratib, jangni muddatidan avval o‘z foydasiga hal qildi.
Ayollar o‘rtasida esa 57 kg vazn toifasi vakilasi Yodgoroy Mirzayeva raqibi shri-lankalik bokschi Krishmini mag‘lub etib, musobaqaning keyingi bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)