Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidan bo‘lgan V.Mirzayev Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi davlat ijrochilariga faol qarshilik ko‘rsatishi oqibatida bugun panjara ortida o‘tiribdi. Bu haqda MIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Illyustrativ surat

Illyustrativ surat

MIB Sh.Rashidov tuman bo‘limi davlat ijrochisi Jizzax viloyat iqtisodiy sudining “Mulla” xususiy korxonasidan “Marjona Sarvinoz” MChJ foydasiga 36 mln. so‘m ijara haqi undirish to‘g‘risidagi ijro ishi bo‘yicha korxonaga tegishli tosh maydalash karyerida ijro harakatlarini olib boradi. “ZL-50GL” rusumli avtoyuklagich (malyutka)ni xatlovga olishayotganida esa korxona qorovuli bo‘lib ishlayotgan V.Mirzayev ishlab turgan benzin dvigatelli arra (motopila) bilan davlat ijrochisiga tashlanib, Byuro xodimini uradi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Sharof Rashidov tuman sudining hukmiga ko‘ra, V.Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish)ning 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, 1 yil ozodlikdan mahrum etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda noqonuniy mayning ferma aniqlandi
Salomatlik
Yutinganda tomoq og‘rib, quloqqa tarqalsa, qanday yo‘l tutish kerak?
Sport
Murodjon Ahmadaliyev IBF kamari uchun himoya jangini o‘tkazadi