• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jizzax: Obodlik manzili. Jizzaxda yangi uylar qurilmoqda, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda (foto)

    Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev joriy yilning yanvar oyida Jizzax viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyatdagi barcha tuman va shaharlar markazlarini Mirzacho‘l tumani markazi Gagarin shahri kabi obod va ko‘rkam, aholi uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan hududlarga aylantirish vazifasini qo‘ygan edi. Prezidentning mazkur tashabbusi Paxtakor tumani aholisi hayotida ham mutlaqo yangi davrni boshlab berdi. Bu haqda “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali xabar berdi.

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Jizzax viloyatining Paxtakor tumani 1967-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda aholi soni 72 ming 800 nafarni tashkil etadi. Asosiy infratuzilma obyektlari barpo etilgan vaqt Jizzax cho‘llarini o‘zlashtirish jarayoniga to‘g‘ri keladi. Ammo o‘zining qadoq qo‘llari bilan rizq yaratgan, cho‘llarni obod qilishda jonbozlik ko‘rsatgan cho‘lquvarlarning turmush ahvoli o‘z holiga tashlab qo‘yildi. Salkam yarim asr davomida tumanda sanoat, uy-joy, ijtimoiy obyektlarni bunyod etish bilan bog‘liq arzirli ishlar bajarilmadi. Natijada uy-joylarni saqlash, yo‘llar infratuzilmasi, kommunal, ijtimoiy sohalardagi o‘tkir muammolar yuzaga chiqib, aholining haqli e’tirozlariga, davlat idoralariga bo‘lgan murojaatlarining oshishiga olib keldi. Tumanda “Obod qishloq”,”Obod mahalla” dasturi hamda “Ilg‘or hudud” loyihasining izchil amalga oshirishga kirishilgani mohiyatan ana shunday muammolarni bartaraf etishga qaratilgan.

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Xususan, bosh rejaga muvofiq, tuman markazidagi “Do‘stlik”, “Dilorom”, “G‘alaba”, “Toshkent”, “Samarqand”, “Oltinko‘l” va “Suvonobod” mahallalaridagi bir holatga kelib qolgan ko‘pqavatli va yakka tartibdagi uy-joylar, bog‘cha, maktab, tibbiyot, madaniyat va sport maskanlari, servis, xizmat ko‘rsatish, savdo nuqtalari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash yuzasidan istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi ishlarni o‘z muddatida yakunlash uchun zarur ishchi kuchi va texnikalar jalb qilingan.

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Olib borilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari natijasida tuman markazidagi asosiy ko‘cha – Sharof Rashidov nomidagi ko‘chaning avvalgi xira manzarasi barham topib, qiyofasi kundan-kunga tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib bormoqda. Yo‘l chetidagi beton ariqlar yangilanib, piyodalar yo‘lakchalari qurilmoqda, o‘rtaga tungi yoritgichlar o‘rnatildi, yashil maysazorlar tashkil qilinib, daraxt ko‘chatlari va gullar ekilmoqda. Shu ko‘chada joylashgan uylar, ijtimoiy soha obyektlari, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarining ichki va tashqi qismlari hamda atroflarida ham qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Bosh reja asosida yangi qurilayotgan 23 ta, kapital rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari bajarilayotgan 49 ta, jami 72 ta obyektning salmoqli qismi ham ana shu ko‘chada joylashgan. Misol uchun, tuman tibbiyot birlashmasi binosi ham dastur asosida zamonaviy holatga kelitirildi. Ayni paytda qayta ta’mirlangan va zarur jihozlar bilan ta’minlangan maskanda aholi salomatligini muhofaza qilish uchun barcha sharoitlar bor.

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Paxtakordagi o‘zgarishlar jarayonida bog‘cha faoliyati alohida hisobga olingan bo‘lib, shu kunlarda 2-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida mukammal ta’mirlash ishlari qizg‘in pallaga kirgan. Bunyodkorlar tomonidan bog‘chaning tom va pol qismlarini yangilash, devorlarning ichki va tashqi qismlarini zamonaviy holatga keltirish bilan bog‘liq ishlar bajarilmoqda. 10-sonli bog‘cha har tomonlama zamonaviy va ko‘rkam ko‘rinishga ega bo‘lmoqda. Yangi barpo etilayotgan 160 o‘rinli nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida devor ko‘tarib tom yopish, to‘siqlarni o‘rnatish ishlari yakunlanib, bino fasadi va ichki qismlarida ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Ana shunday ishlar 2-, 4-, 31-sonli maktablarda ham bajarilmoqda.

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    “Obod markaz” loyihasi asosida Paxtakorda o‘nlab yangi savdo, servis va maishiy xizmat ko‘rsatish maskanlari, mehmonxona qad ko‘taradi, mavjudlari esa bugungi davr talablari bo‘yicha ta’mirdan chiqarilmoqda. Bu, o‘z-o‘zidan odamlarga yangi qulayliklar, yangi ish o‘rinlari yaratilishi, iqtisodiy salohiyatni mustahkamlashda yangi imkoniyatlar yuzaga chiqishini anglatadi.

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Hududda uzoq yillardan beri og‘riqli masala bo‘lib kelayotgan kanalizatsiya, ichimlik suvi, elektr energiyasi, tabiiy gaz tarmoqlarini ta’mirlash hamda yangilarini barpo etish ishlari jadal olib borilmoqda. Tabiiyki, bu jihat sohalardagi o‘tkir muammolarni yechishda kompleks yondashuv talab etiladi. Nega deganda, Prezident Xalq qabulxonalariga tuman aholisidan kelib tushayotgan murojaatlarning kattagina qismi aynan mazkur sohalarga doir ariza va shikoyatlardan iborat. Ayni paytda murojaatlar tahlili uy-joy ta’minoti va uy-joy fondining holati ham fuqarolarni eng ko‘p o‘ylantirayotgan masalalar ekanini ko‘rsatmoqda.

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Birgina keyingi ikki yilda tuman markazida yangilangan namunaviy loyihalar asosida 480 xonadonga mo‘ljallangan 10 ta ko‘pqavatli hamda 60 ta uch xonadan iborat ikki sotixli arzonlashtirilgan namunali uylar barpo etilgani odamlarning, ayniqsa, shu paytgacha uy-joyga ega bo‘lolmagan kam ta’minlangan aholi qatlam vakillari, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan talabini qondirishda muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu yo‘nalishdagi ishlar mazkur yilda ham davom ettirilib, joriy yilda Paxtakorda 2 ta 96 xonadonga mo‘ljallangan to‘rt qavatli turar-joy qurilmoqda.

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Tuman markazidagi mahallalarda 1960—1966-yillar davomida qurilgan 88 ta barak tipidagi uylarda 900 dan ziyod oila, 3 ming 600 dan ortiq aholi oddiy maishiy sharoitlardan ham mosuvo holda kun kechirib kelayotgan edi. Nomiga boshpana vazifasini o‘tab turgan bunday uylar har qanday qoidaga solib ko‘rilsa ham hayot xavfsizligi talablariga mutlaqo javob bermaydi.

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Mana shunday o‘ta og‘ir sharoitda yashovchi ko‘p sonli fuqarolarning talab va istaklarini inobatga olgan holda bunday uylarda yashovchi oilalar uchun “Oltinko‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan 19 gektar, “Olmazor” qishloq fuqarolar yig‘ini hududidan 4,2 gektar yer maydonlari ajratib berishga qaror qilindi. Mazkur yangi massivlarda 610 ta uy barpo etilishi ko‘zda tutilmoqda.

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    “Oltinko‘l” mahalla fuqarolar yig‘inining yangi massiv paydo bo‘ladigan ulkan maydoniga qoziq qoqilib, katta hashar tashkil etildi. Poydevor o‘rni belgilanib, tuproq ishlariga kirishildi. Tadbir davomida fuqarolarga bu yerda barpo etiladigan uylar, ijtimoiy soha obyektlari, inson hayoti uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish bo‘yicha qilinadigan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Barak uylarda yashab kelayotgan fuqarolar uylar qurilishi jarayonida bevosita ishtirok etish, shu bois qurilish maydoniga yaqin joydan vaqtincha yashash uchun sharoit yaratib berish yuzasidan o‘z istak va takliflarini bildirishdi.

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Tumanda 2018–2019-yillar davomida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohasida umumiy qiymati 260,5 milliard so‘m bo‘lgan 66 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 1 133 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Masalan, Beruniy ko‘chasida 5,95 gektar yer maydonda barpo qilingan “Paxtakor tekst” MChJ ham ana shunday zamonaviy korxonalar jumlasidan. Ip-kalava mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona yiliga9 ming tonna toladan qiymati 11 milliard 250 million so‘mlik 8,1 ming tonna ip-kalava mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Umumiy qiymati 22 million 300 ming dollarni tashkil etadigan loyiha agar to‘la quvvat bilan ishlasa, 400 nafar yangi ish o‘rni barpo bo‘ladi, mahsulotning salmoqli qismi esa asosan Xitoy, so‘ngra esa Rossiya, Turkiya va Belgiya davlatlariga eksportga yo‘naltiriladi.

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali

    Foto: “Xalq bilan muloqot” Telegram-kanali
    16.04.2019, 19:20   Izoh (0)   18866
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada 2,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga “Yoshlar innovatsion markazi” ochildi

    16.04.2019, 19:11

    Foto: Suv ostida qolgan Samarqand shahridagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi

    16.04.2019, 18:51

    Toshkentda uch opa-singilning o‘limida aybdor deb topilgan shifokor to‘liq oqlandi

    16.04.2019, 18:31

    17-aprel kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

    16.04.2019, 18:19

    Britaniya O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi

    16.04.2019, 18:07

    Xalq ta’limi vazirligi: Toshkentdagi maktabda 2-sinf o‘quvchisini urgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

    16.04.2019, 17:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Erdo‘g‘on Trampdan G‘azo gumanitar yordam markazlarida aholiga o‘t ochish holatlarini to‘xtatish uchun yordam so‘radi

    Dunyo | 6 iyul, 14:54

    Ronaldu Diogu Jotaning dafn marosimida nega ishtirok etmagani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 6 iyul, 14:44

    Ali Xomanaiy Isroil bilan urush boshlanganidan buyon ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi

    Dunyo | 6 iyul, 13:55

    Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 13:54

    O‘zbekistonda banklarning avtokredit va mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha stavkalari ochiqlandi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 13:40

    HAMAS AQSH taklif etgan sulh rejasiga ijobiy javob berdi

    Dunyo | 6 iyul, 12:15

    Toshkentda tez-tez kuzatilayotgan elektr uzilishlari bo‘yicha izoh berildi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 11:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.