“E-IJRO AUKSION” Elektron savdo maydonchasida narxi yarim milliard so‘mdan yuqori baholangan 3 ta avtomobil ochiq auksionga qo‘yildi. Auksion joriy yilning 19-aprel sanasida bo‘lib o‘tishi belgilangan, deb yozadi O‘zA.

Foto: O‘zA

Auksionga qo‘yilgan avtomobillar odatda shaxsiy kolleksiya uchun yig‘iladigan tarixiy (antikvar) ulovlar sirasiga kiradi. Ular 648 483 546 so‘mlik M-103 rusumli avtomobil va narxi 527 593 963 so‘m ko‘rsatilgan BMW 511 hamda 600 217 528 so‘m baholanayogan Triumph rusumli avtomobillar ochiq auksionda sotilishi kutilmoqda.

Foto: O‘zA

Mazkur avtomobillar xatlangan mol-mulk bo‘lib, ishonchli manbalar ularning haqiqiy egasi sobiq “O‘rikzor” dahasidagi ulgurji Karvon bozorining sobiq direktori Dmitriy Limga tegishli ekani aytilmoqda.

Foto: O‘zA

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Dmitriy Limga tegishli bo‘lgan Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi suv bo‘yida joylashgan ko‘chmas mulk obyekti ham savdoga qo‘yilgani haqida ma’lumot berilgan edi.