11-apreldan Toshkent ko‘chalarida Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishini patrul vertolyoti kuzatib boradi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar bermoqda.
“11-aprel kunidan boshlab Toshkent shahar IIBB YHXB Toshkent yo‘llarida yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishi holatini patrul vertolyotidan foydalangan holda kuzatishni boshlaydi. Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 10-yanvar kuni Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar bo‘limiga tashrifi chog‘ida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga zamonaviy vertolyotlar ajratish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.
Izoh (0)