Britaniya parlamentining quyi palatasi hukumatgi Yevropa Ittifoqidan chiqishni kechiktirishga majbur qiladigan qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi, deya xabar beradi “Vesti.ru”.
Qaror, bitta ko‘p ovoz bilan bir ovozdan qabul qilindi. Deputatlar loyihani tezkor ravishda bir kun ichida ko‘rib chiqdilar. Endi esa u kuchga kirishi uchun u Lordlar palatasi tomonidan tasdiqlanishi va Qirolicha tomonidan imzolanishi kerak.
Shunday bo‘lgan taqdirda “Qat’iy Brexit” deb nomlangan yo‘l bo‘lmaydi. U holda Tereza Mey Brexit’ni boshqa muddatga qoldirishni talab qilish uchun Yevropa Ittifoqining roziligini olishga majbur bo‘ladi, agar Britaniya Parlamenti bu kelishuvni 12-aprelga qadar tasdiqlamasa albatta.
Qizig‘i shundaki, Yevropa Komissiyasi rahbari Jan-Klod Yunker, bundan oldin Britaniya qonunchilari tomonidan imzolangan shartlarni tasdiqlamagunicha, Yevropa Ittifoqi yangi muddatga qoldirilishiga rozi bo‘lmasligini aytgan.
Izoh (0)