• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qo‘qonda Xudoyorxon o‘rdasining suratlari taqdim etildi

    Qo‘qon shahrida O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 1-noyabrdagi “Xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazish to‘g‘risida“gi qarori asosida joriy yilning 10—15-sentabr kunlari xalqaro hunarmandchilik festivali bo‘lib o‘tadi, ayni paytda mazkur tadbirga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Shaharning diqqatga sazovor joylari, qadamjolari, usta-hunarmandlar faoliyati bilan O‘zA tanishtiradi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Qo‘qonda Farg‘ona vodiysidagi boshqa shaharlarga nisbatan me’moriy yodgorliklar ko‘p saqlanib qolgan. Dahmayi shohon, Jome masjidi, Komolqozi (Xo‘ja dodxoh), Norbo‘tabiy, Miyon hazrat, Dasturxonchi madrasalari, Madarixon dahmasi, Xudoyorxon o‘rdasi va boshqa ko‘plab yodgorliklar shaharning tarixiy qiyofasini belgilab, uning husniga husn bag‘ishlab turibdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    XIX asrning muazzam va muhtasham obidalaridan bo‘lmish Xudoyorxon o‘rdasi Turkiston zaminida mavjud mashhur uch saroy inshootidan biridir. Qo‘qon xonligi davrida xonlar tomonidan olti marta O‘rda (saroy) qurdirgan. Zamona zayli bilan ular vayron bo‘lib, faqat oxirgi o‘rda – Xudoyorxon o‘rdasining kichik bir qismigina saqlanib qoldi.

    Manbalarning xabar berishicha, Xudoyorxon o‘rdasi o‘rnida Amir Umarxon o‘rdasi bo‘lgan. Muhammad Alixon davrida mazkur inshoot mukammal ta’mirlanib, “Zarrinsaroy” degan nom olgan, ba’zan “Qirqustun” deb ham atalgan. Ushbu go‘zal inshoot 1842-yildagi urush pirovardida Buxoro amiri Nasrulloxon tomonidan vayron etilgan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Sayyid Muhammad Xudoyorxon taxtga o‘tirgach, “Jahonoro” saroyida istiqomat qilgan. Saroy eskirib qolganligi, bu yerda otasi va akasi fitna qurboni bo‘lganligi tufayli, yangi o‘rda qurdirish fikriga tushadi. Bu fikr yoshligida tug‘ilgan bo‘lsada, sharoit taqozosi bilan bu ishga 1865-yildagina kirisha oladi. Umarxon xotirasini yodga olib, yangi o‘rdani Umarxon o‘rdasi xarobalari o‘rniga qurishni mo‘ljallaydi.

    Bosh me’morlikka Mir Ubaydullo Muhandis, sarkorlikka Muhammad Turdiali tayinlanadi. Shuningdek, Usta Abdullo Roshidoniy, aka-uka Usta Jamol va Usta Jamil, Usta Zokir, Mullo Suyarqul, Usta solixo‘ja, Fozilxo‘ja Buxoriy, Usta Hakimboy, Usta So‘fi Yo‘ldosh, Usta Marasul, Isaboy Mahsum, mulla ahmad Domullo, Muhammad Olim Sirchi va boshqa atoqli ustalar qurilish ishiga jalb etiladi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Dastlab ganchdan inshootning “surati” tayyorlanadi. Loyiha tayyorlashda Amir Umarxon davrida barpo etilgan bog‘ni qayta tiklashga harakat qilinadi. Saroy qurilishida Farg‘ona ustalari bilan birga Buxoro, Samarqand va O‘rta Osiyodagi boshqa shaharlarning quruvchi-ustalari faol qatnashdi. Qurilish ishlarini tezlashtirish maqsadida xon xalqni hasharga jalb etadi. Jami qurilish ishlarida 16 ming aholi, 80 nafar usta ishlaydi, mingdan ortiq arava va zambilg‘altakdan foydalaniladi. Qurilishning asosiy qismi 1870-yilda tugallansada, ayrim bezak ishlari bir qancha vaqt davom ettiriladi. Uning rasman qurib bitkazilgan sanasi 1873-yil deb belgilangan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    O‘rda binosi o‘sha davrning yirik saroy inshootlaridan bo‘lib, maydoni sakkiz gektarni egallagan. Atrofi qal’a sifatida baland binolar, qalin devorlar bilan o‘rab olindi. Qal’a atrofiga choh qazilib, Qo‘qonsoydan chiqarilgan anhor oqizilib, yana soyga tashlanadi.

    Inshoot to‘rt tarkibiy qismdan iborat bo‘lgan:

    1.Tashqi saroy (qal’a).

    2.O‘rta saroy.

    3.Bog‘.

    4.Ichki saroy.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Har bir qismning sharq tomonga qaragan va bir o‘q yo‘nalishi ustida joylashgan o‘z darvozasi bor edi. Birinchi darvoza hozirgi bog‘ning ramziy darvozasi o‘rnida bo‘lgan. Saroyning o‘ymakor eshigini ishlagan usta Maqsumxo‘ja G‘oziyon madrasasidagi katta eshik va Toshkentdagi Shayxontohur eshigini ham qo‘ldan chiqargan. O‘rdaning bezak ishlarida xalq memorchilik san’atining badiiy kulolchilik, naqqoshlik, yog‘och, ganch o‘ymakorligi va boshqa ko‘p turlaridan foydalanilgai. Mohirlik bilan terilgan turli rang va har xil shakldagi koshinlar uyg‘unligi hamda nafisligi Farg‘ona kulollik san’ati XIX asrda yuksak darajaga yetganligidan dalolat beradi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Mazkur binoda 1925-yilda Qo‘qon shahar o‘lkashunoslik muzeyi tashkil etilgan. 2017-yildan esa muzey “Qo‘qon madaniyati tarixi davlat muzeyi” maqomini oldi. Albatta shaharga tashrif buyurgan mehmon va xorijlik sayyohlar Xudoyorxon o‘rdasini tomosha qilmasdan ketmaydi.

    29.03.2019, 17:32   Izoh (0)   36174
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Qurolli kuchlari akademiyasi kursanti sambo bo‘yicha Jahon kubogida ikkinchi o‘rinni egalladi

    29.03.2019, 17:15

    FVV Samarqandda yomg‘ir natijasida yuzaga kelgan holat bo‘yicha ma’lumot berdi

    29.03.2019, 17:10

    Buxoroda tug‘ilgan Shavkat, Miromon va Mirziyoning otasiga Prezident nomidan Cobalt sovg‘a qilindi (foto)

    29.03.2019, 16:50

    O‘zbekiston davlat farmakopeyasi yevrostandartlar asosida rivojlantiriladi

    29.03.2019, 16:45

    O‘zbekistonliklarning Rossiyada ishlashi uchun saralab olish texnologiyasiga qancha mablag‘ sarflandi?

    29.03.2019, 16:30

    Namanganda uchinchi marta gumburlash sodir bo‘ldi

    29.03.2019, 16:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Iskandar Hamroqulov 1,5 yosh farzandi OITSdan vafot etgani haqida so‘zlab berdi

    Shou-biznes | 3 iyul, 13:25

    O‘zbekistondan Tojikistonga 59 ta “inomarka” olib o‘tilib, noqonuniy sotib yuborildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 13:20

    Rossiyaning 4 ta hududiga dron hujumi uyushtirildi (video)

    Dunyo | 3 iyul, 13:10

    Shimoliy Koreya Rossiyaga yana 30 ming askar yuboradi — Ukraina razvedkasi

    Dunyo | 3 iyul, 13:00

    Rossiyada o‘yinchoq to‘pponcha sabab o‘zbekistonlik yigitga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 12:55

    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

    Reklama | 3 iyul, 12:00

    Yozda “Real”ni tark etadigan futbolchilar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 12:50

    Instagram: Bozorda meva sotgan Munisa Rizayeva, to‘yda tanbeh bergan Otabek Muhammadzohid, Imron va Durdonadan yangilik

    Madaniyat | 3 iyul, 12:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.