Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi samarali bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari Abu-Dabi shahrida mazkur amirlik valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zayd Ol Nahayon, Dubay shahrida BAA vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muloqotlar chog‘ida mamlakatlar o‘rtasidagi savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa sohalardagi amaliy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi hamda o‘zaro manfaatli hujjatlar va umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod investitsiya kelishuvlari imzolandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi 
Mahalliy
Toshkentda ko‘prik ustidagi “Gazel” yonib ketdi (video)
Biznes
Rossiyadan Osiyoga ko‘mir eksporti narxi oshgani ma’lum qilindi