Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand xalqaro aeroportiga “Istanbul—Samarqand” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi X.Yu. bojxona nazorati zonasidan o‘tayotganda uning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.

Foto: UzAirways

Foto: UzAirways

Bojxona xodimlari fuqaroga tegishli bo‘lgan bagaj sumkasini xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirganda bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan, qiymati 11 million so‘mlikdan ziyod diniy mazmundagi kitoblar borligi aniqlandi.
Fuqaro X.Yu. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 33-moddasiga asosan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida jarima jazosiga tortildi. Huquqbuzarlik ashyosi sifatida olingan kitoblar esa davlat foydasiga musodara qilindi.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari 2018-yilning mart oyidan joriy yil mart oyiga qadar jami 357 dona (41 million so‘mlikdan ortiq) diniy mazmundagi kitoblarning noqonuniy yo‘llar bilan respublikaga olib kelishining oldini oldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)